Tina Kandelaki: "Rossiya kiprliklarni chiroyli tarzda, do'stona "yanchib" tashladi"
12 noy 2021 02:54
Yangiliklar
Tina Kandelaki: "Rossiya kiprliklarni chiroyli tarzda, do'stona "yanchib" tashladi"
"Gazprom-Media" bosh direktori o'rinbosari Tina Kandelaki Rossiya termasining JCH saralashi doirasida Kipr ustidan qozongan (6:0) g'alabasiga munosabat bildirdi.
"Birinchi bo'lim odatga ko'ra, "o'yin unchalik emas-ku, uch ochko bor", uslubida o'tganiga qaramay, Rossiya termasi raqibni og'riqsiz, chiroyli tarzda, do'stona "yanchib" o'tib ketdi - 6:0.
Ikkinchi bo'limdagi qurol esa tanaffusda Karpin ishlatib yuborgan emasmi? – biznikilarning gollaridan keyin Kipr kemasi asta cho'kishni boshladi.
Ajoyib taassurotlar uchun rahmat. Bu juda tasirli, chiroyli va qisman kutilmagan edi", – deb yozdi Kandelaki.
Fikrlar