So’nggi yangiliklar

02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Ivan Shabarov: "O'zbekiston terma jamoasi futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilgani ehtimol o'yin taqdirini hal qilgandir" Yangiliklar

Ivan Shabarov: "O'zbekiston terma jamoasi futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilgani ehtimol o'yin taqdirini hal qilgandir"

Farg'onada tashkil etilgan O'zbekiston va Rossiya (0:3) yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Shabarov saytimizga intervyu berdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda vaziyatlarimiz kamroq edi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirdik. Uchrashuvda har ikki jamoada vaziyatlar bo'ldi. Masalan O'zbekiston terma jamoasi bugun yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham ularda ikkita yaqqol golli vaziyatlar bo'ldi. Birga-bir vaziyatda yo'llangan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi. Umuman aytganda bugungi uchrashuv har ikki jamoa uchun ham foydali bo'ldi deb hisoblayman. O'zbekiston terma jamoasi futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilgani ehtimol o'yin taqdirini hal qil qilgandir.

- O'zbekiston U-20 terma jamoasi ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz qanday?

- Yaxshi tashkillangan jamoa. Kurashayapti, pressinglarda ishlayapti. Nazarimda bugungi o'yin sizning terma jamoangiz futbolchilari uchun ham katta tajriba bo'ldi. Shu kabi o'yinlar ayni yoshdagi futbolchilar uchun juda foydali bo'ladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasida O'rinboevni bilaman, har bir harakati xavfli. Umuman aytganda esa bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasi haqida menda ijobiy taasurot qoldi.

- Kelgusida yana qaysi terma jamoalar bilan o'yinlar rejalanmoqda?

- Hozir bu haqida hech narsa ayta olmayman. Rejalarimiz bor, yo'q emas. Bu bo'yicha boshqaruvchilarimiz muzokaralar olib borishadi.

- Bugun O'zbekiston terma jamoasi Birlashgan arab amirliklari termasiga qarshi jahon chempionati yo'llanmasi uchun maydonga chiqadi. Bu o'yin haqida fikringiz?

- Ha, bu haqida bilaman. Bugun yurtingizda barchaning nigohi BAA-O'zbekiston uchrashuviga qaratilgan. Albatta O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman. Jamoa tarkibida kuchli va nomdor futbolchilar etarlicha.

- Hozirda Moskvaning CSKA klubida o'ynayotgan Abbosbek Fayzullaev haqida bilasizmi?

- Bilaman albatta. Bundan 2 yil oldin Toshkentda bizga qarshi o'ynagan. CSKA skautlari aytish joiz bo'lsa qimmatli futbolchini qo'lga kiritishibdi.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика