So’nggi yangiliklar

09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  5 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  2 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109

Timur Kapadze: "Zich himoyani yorib o'tish qiyin bo'ldi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Zich himoyani yorib o'tish qiyin bo'ldi"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob berdi.

- O'yin haqida

- O'yin qiziqarli kechdi. "Dinamo" himoyaga urg'u berib harakatlanishini bilardik. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. 

Qiyin uchrashuv bo'ldi, chunki raqib ham jismoniy tarafdan yaxshi holatda edi. 90 daqiqa himoyalanib, qarshi hujumdan foydalanishga harakat qildi. 

O'yin boshida xato tufayli darvozamizdan to'p olib chiqdik. Undan keyin qiyin holatga tushdik. SHunga qaramasdan, gol urishga erishdik. Ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo zich himoyani yorib o'tish qiyin bo'ldi. Biz yaxshi o'ynab, ularga qarshi hujumda o'ynash uchun deyarli imkon qoldirmadik. Bundan tashqari, "Dinamo" zarba berishda qiynaldi.

- "Olimpik" darvozaboni Vladimir Nazarov oyoq bilan juda yaxshi o'ynaydigan posbon hisoblanadi. Biroq u ketma-ket 2-o'yinda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va jamoa shundan so'ng gol o'tkazib yubordi. "Olimpik" o'tgan o'yinda 5 ta gol urgani uchun bu bilinmagandi, bugun esa yaqqol sezildi...

- To'g'ri aytyapsiz. Xuddi shunday bo'lyapti. Ehtimol, u xotirjam o'ynashga intilyaptimi, bilmadim. U qattiqroq tepishi kerak edi. O'xshamay qoldi. Qarori to'g'ri, ammo ijroda xatolikka yo'l qo'ymoqda. Bugungi holat raqibga "sovg'a" bo'lib qoldi. 

O'ylaymanki, bu sekin-asta o'nglanadigan holat. Bunaqasi ham uchrab turadi. U bilan gaplashamiz, muhokama qilib olamiz. U – sardor, ishonchli o'ynashi lozim. Ehtimol, keyingi safar boshqa darvozabonlarga imkon beramiz. 

- O'rinbosarlar jamoasini ham o'zingiz boshqaryapsiz. Savolim: Asosiy jamoada necha daqiqa o'ynagan futbolchini ertasi kuni o'ynatmaysiz?

- Agar 45 daqiqa o'ynagan bo'lsa, o'ynatmayman. Undan kamroq harakat qilgan bo'lsa, o'rinbosarlar tarkibida imkon beraman. To'g'ri, ruhiy tarafdan qiyin bo'lishi mumkin. 

Boshida qiyinchilik bo'lgandi. Hozir yigitlar moslashib ketishdi. Bir tarafdan bu foydali, futbolchi ko'proq o'ynashi kerak. SHu orqali ular o'sishadi.  

- "Olimpik" o'tgan o'yinda juda zo'r o'ynagandi. Bugungi o'yin oldingi bahs fonida qo'polroq aytganda, rasvo bo'lib ko'rindi...

- Fikrlaringizga qo'shilaman. Bunga ko'plab faktorlar bor. "Dinamo" bilan "Bunyodkor"ni taqqoslash qiyin. CHunki "Dinamo" himoyaviy, yopiq o'ynagan bo'lsa, "Bunyodkor" ochiq o'yin ko'rsatgandi. Bu bizga qo'l keladi, chunki futbolchilarimiz qarshi hujumda tez harakat qilishadi. Ko'rdingiz, "Dinamo" ancha himoyaviy o'ynadi. 

To'p nazoratini qo'lga olib, vaziyatlar yaratishga urindik. Qaerdadir xotirjamlikka berildik, qaerdadir ruhiy tomondan oqsadik. Yigitlarni diqqat-etiborni yo'qotmaslikka chaqirgandim. Balki bu ham tasir qilgandir. Hozir aniq bir narsa deya olmayman, ko'rib chiqamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика