So’nggi yangiliklar

02:00Европа лигаси. 4 ўйиннинг 3тасида дуранг қайд этилди, барчаси жавоб ўйинларига қолди  6 01:40"Барселона" бу борада етакчи  5 01:11Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" қийин ғалабага эришди ва пешқадамликни мустаҳкамлади  0 00:57Крис Саттон: "Аморимнинг айби йўқ"  1 00:26U-17 Осиё Кубоги. C гуруҳидаги учрашувлар ҳам якунланди  0 23:40Конференциялар лигаси. "Челси"дан осон ғалаба  7 23:20Роналдуга янги шартнома таклиф қилинди  2 22:59"Реал", "Аякс" каби жамоаларнинг собиқ бош мураббийи вафот этди  1 22:35U-17 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг чорак финалдаги рақиби аниқ бўлди(ми)?  12 21:59"Барселона" Флик билан шартномани узайтирмоқчи  1 21:35Эрон. "Истиқлол" ўз майдонида "Фулад"га мағлуб бўлди  2 20:50"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси А Серияга қайтиши мумкин  1 20:24"Барселона" собиқ устози: "Бундай ҳолатлардан фақатгина "Реал" чиқиб кета олади"  18 19:55"Тоттенхэм" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  4 19:31Де Брюйнега Саудия Арабистонидан йилига 24 млн евро таклиф қилишди  3

Timur Kapadze: "Yuriy Vazgenovichning bitta zo'r gapi bor" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Yuriy Vazgenovichning bitta zo'r gapi bor"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" 1:1 uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- "Paxtakor"ga qarshi birinchi bor o'ynayotganimiz yo'q. Bu jamoaga qarshi o'yinlar har doim qiziqarli o'tadi. Ko'rdingiz, bugungi uchrashuv ham har tomonlama qiziqarli ruhda o'tdi.

Kamchiliklarimiz bor, yigitlar qaerdadir yoshlik qilishayapti, bazida esa shoshilib qolishayapti. Imkoniyatlarimiz bo'ldi, bugun yutib ketsak ham bo'lardi. Yigitlarga umumiy o'yin uchun rahmat aytaman, ular bugun oxirigacha kurashishdi.

- Birinchi bo'limda jamoangiz qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. Ularga gol urish uchun nima xalaqit qildi deb o'ylaysiz?

- Hozir shu haqida aytdim, bizda yigitlar barchasi yosh. SHu sababdan ham vaziyatlardan foydalanishda ularga tajriba etishmayapti. Bundan tashqari raqib "Paxtakor" va bu jihat ularni hayajonga solgan bo'lishi mumkin. Lekin, yigitlar bugun oxirigacha kurashishdi, ularga hech qanday etirozim yo'q.

- Nazarov bugun ko'plab vaziyatlarda jamoani goldan saqlab qoldi. Uni bugun eng yaxshi bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Natija bor bo'lsa, biz jamoadagi har bir futbolchi eng yaxshi. Har kim o'z vazifasini bajarayapti. Nazarov bugun ham, oldingi o'yinlarda ham yaxshi harakat qilib kelayapti. 

- O'zbek futbolini kuchli beshlik chempionatlari bilan solishtirish qiyin. Biroq, shunday bo'lsa ham, aytish joiz, hakamlar uchrashuvlar davomida ko'p hushtak chalishi, kartochka beriladigan vaziyatda bermasdan, aksincha xolatda ko'rsatishi o'yinlarni buzib qo'ymayaptimi?

- Inson xato qilishi mumkin. Masalan, ko'rayapsiz, futbolchilar ham o'yin davomida xato qilishayapti. Hakamlarni ham rahbariyati bor, ularning ishini nazorat qiluvchi ekspertlar faoliyati yo'lga qo'yilgan. Biz futbolchi xato qilsa, albatta bu borada hisob so'raymiz. Xuddi shu kabi hakamlardan hisob so'raydigan markaz bor. Ular ham o'sishayapti. O'zbek futbolini ko'tarmoqchi bo'lsak, barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Birinchi bo'limda yuzaga kelgan bahsli vaziyatda yon hakam o'yindan tashqari xolatni ko'rsatayapti. O'yinda VAR bor, shu sabab o'ynashga qo'yib berishi kerak edi. Xatolar atayin qilinayaptimi, yoki tasodifmi, buni men bilmayman.

- Tarkibni keyingi o'yinga, yani "Navbahor" bilan uchrashuvga qarab tanlagandek tuyuldingiz...

- "Paxtakor" bilan shu uchinchi bor to'qnash kelishimiz. "Navbahor" bilan ham o'ynaganmiz. Kuchli jamoalarga qarshi o'yin har doim biz uchun foydali bo'ladi.

- Osiyo chempionatidan so'ng jamoangiz futbolchilarida o'sish ko'zga tashlandi. Ularda o'zlariga bo'lgan ishonch yanada shakllangandek ko'rinmoqda. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- To'g'ri, xalqaro tajriba futbolchiga ko'p narsa beradi. O'sha joyda borib o'ynamaguncha bunaqa tajribani olish qiyin. Osiyo chempionati bizning yigitlar uchun ancha foydali bo'ldi. Har kuni nazariy va amaliy mashg'ulotlarda ishlayarmiz, bu baribir o'z natijasini berishi kerak.

- Timur aka, oxirgi vaqtlar bilan solishtirsa, o'tgan yildagidan ko'ra asabiyroq ko'rinayapsiz...

- To'g'ri, asabiylashish bu xavotirli xolat. Ammo, bularning barchasi o'yinning emociyasidan kelib chiqadi. Men ham futbolchilar bilan maydondaman, kimdir xato qilsa, asabiylashishim tabiiy.

- Muhammadali G'iyosov tarkibda eng texnikasi kuchli futbolchilardan sanaladi. Ammo, unda vaziyatlarni yakunlashda muammo bordek...

- To'g'ri, futbolning asosini faqat texnika tashkil etmaydi. Muhammadali yomon o'ynayotgani yo'q, u ham boshqa futbolchilar kabi o'yindan-o'yinga o'sib boradi. Yuriy Vazgenovichning bitta zo'r gapi bor, bir ota-ona o'g'lini u kishining oldiga olib kelib, "bir ko'ring, ketma-ket 4-5 ta futbolchini aldab o'tayapti" deyishganida, Vazgenovich "unda o'g'lingiz uzatma berishni bilmas ekan-da" deb javob bergan ekan. Jamoamiz futbolchilari hali yosh va o'yinlar davomida yanada kuchli bo'lishadi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика