So’nggi yangiliklar

09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  1 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  2 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  7 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  3 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  9 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  13 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0

Timur Kapadze: "Xatolar bor, lekin ularni to'g'rilash uchun shu kabi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazyapmiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Xatolar bor, lekin ularni to'g'rilash uchun shu kabi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazyapmiz"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze BAA U23ga qarshi kechgan o'rtoqlik o'yini (0:2) haqida fikr bildirdi.

— BAA yig'ini haqida

— Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig'inni boshlaganimizga bir necha kun bo'ldi. SHu vaqt mobaynida o'z oldimizga qo'yilgan reja bo'yicha mashg'ulotlarni olib boryapmiz. Bu yig'inda, asosan, jismoniy holatimizni tiklash, texnik-taktik tomondan yanada kuchayish va yangi futbolchilarning imkoniyatlarini ko'rib olishga urg'u qaratganmiz.


— BAA U-23 terma jamoasiga qarshi o'yin

— Bugungi uchrashuv yaxshi o'tdi. Deyarli barcha o'yinchilarni sinovdan o'tkazdim. Hozirgi jismoniy holatimizdan kelib chiqib, bir bo'limdan hammaga imkoniyat berdik. Va shu orqali texnik-taktik tarafdan qanaqa kamchiliklarimiz borligini ko'rib oldik. Umuman olganda, futbolchilarimiz ikkala bo'limda ham o'zlarini yaxshi ko'rsata olishdi. 


Raqibga keladigan bo'lsak, ular yaxshi taassurot qoldirishdi. Umuman olganda, kurashlarga boy, yaxshi o'yin bo'ldi. Eng asosiysi, biz o'zimiz uchun kerakli bo'lgan tajriba va xulosani oldik, deb o'ylayman.


— Tarkibdagi yangi futbolchilar

— Bu galgi yig'inda ko'plab yangi futbolchilar ishtirok etishmoqda. Deyarli hammasiga imkoniyat berdik, ular debyut o'yinini o'tkazishdi. Aytganimdek, hozirgi jismoniy holatdan kelib chiqib, ikkala bo'limda ham bolalar o'zlarini yaxshi ko'rsatishdi. Xatolar bor. Lekin, ularni to'g'rilash uchun ham shu kabi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazyapmiz.


Endilikda bor etiborimizni ikkinchi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishga qaratamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика