So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

Timur Kapadze: “Termamizning bugungi g'alabasi bayramga ajoyib sovg'a bo'ladi” Yangiliklar

Timur Kapadze: “Termamizning bugungi g'alabasi bayramga ajoyib sovg'a bo'ladi”

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH 3-saralash guruh bosqichi doirasida Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Ushbu o'yin oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.

“Bugun Suriya terma jamoasiga qarshi juda ham muhim o'yin bo'ladi. Barchamiz ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutayapmiz. Ko'pchilik Suriya termasini guruhimizdagi outsayder jamoa deb o'ylasa kerak. Bugungi raqibimiz shu ergacha kelibdimi, demak guruhimizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Hozirgi kunda futbol rivojlanib bormoqda. SHuning uchun bugun biz uchun oson o'yin bo'ladi deb o'ylamayman. Suriya ham o'z oldiga qandaydir maqsad qo'ygan. Raqibimiz qay darajada ekanini biz bilmaymiz. Boshqa raqiblarni misol uchun, Janubiy Koreya terma jamoasini qay darajada ekanligini bilamiz. CHunki, ularga qarshi ko'p bor to'qnash kelganmiz.

Suriya terma jamoasi haqida bizda ko'p malumotlar yo'q. Mehmon jamoa bugungi o'yinga qay darajada tayyorgarlik ko'rgan va ularning o'yin uslublari qay darajada ekanligini bilib olamiz. Agarda Suriya ham ushbu o'yinga jiddiy qaragan bo'lsa terma jamoamiz uchun ancha qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Menimcha Suriya termasi bugun ikkinchi raqam ostida himoyaviy o'yin ko'rsatadi. Bizning futbolchilar raqiblari darvozasiga tezkor gol urib olishsa o'yinlari yanada ochilishi mumkin. Qanday hisob bo'lishidan qatiy nazar eng muhimi g'alaba. Bugungi o'yindagi hisob kattaroq ko'rinishga ega bo'lsa biz uchun ayni muddao bo'lar edi. CHunki, o'tgan safardagi saralashga o'xshab guruhdagi so'nggi tur o'yinida muhim rol o'ynashi mumkin. Biz uyda o'ynayapmiz, agarda “real” qaraydigan bo'lsak Suriya termasi guruhdagi eng kuchsiz jamoa. Termamizdagi futbolchilarning deyarli yarimidan ko'pi anchadan beri jamoada o'ynab kelishmoqda. Yangi futbolchilar ham terma jamoaga jalb qilinishgan.

Bugungi o'yinda ko'proq legioner futbolchilarga ko'proq etibor qaralsa kerak. Bugun futbolchilarimizda g'alabaga bo'lgan xohish juda ham kuchli bo'ladi. Sababi, bugun bayram, agar g'alaba qozonishsa mustaqilligimizning 25 yilligi uchun ajoyib sovg'a bo'lardi. Individual tarafdan oladigan bo'lsak futbolchilarimiz suriyalik futbolchilar ustun. Hozirdan bir ransa deyin qiyin, barchasi o'yinda malum bo'ladi. Biz guruhdagi boshqa raqiblarimiz o'yinlariga etibor bermasligimiz kerak. Asosan o'z uyimizdagi o'yinlarda ochko yo'qotmasligimiz kerak. Agarda guruhdagi boshqa raqiblarimiz o'zaro o'yinlarida durang natija qayd etishsa biz uchun ancha yaxshi bo'ladi. Hozir birinchi o'yinda o'zimizni o'yinimizni o'ylashimiz kerak.

Barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 25 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lib mustaqilligimiz abadiy bo'lsin. Bu yil Rio 2016 Olimpiadasida olimpiyachilarimiz o'zlarini g'alabalari bilan barchamizni xursand qildi. Biz futbolchilar ham o'zimizni g'alabalarimiz bilan barcha futbol muxlislarini xushnad qilamiz. Nasib qilsa milliy terma jamoamiz 2018 yilgi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishadi”, - deydi “Lokomotiv” klubi va milliy terma jamoa sobiq futbolchisi Timur Kapadze.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика