So’nggi yangiliklar

22:33Тебас: "Реал" раҳбарияти ўзидан қурбон ясаб олиб, хар ҳил фитна назарияларини тарқатмоқда"  25 22:08Гвардиола де Брюйнени "Сити"даги келажаги ҳақида гапирди  3 21:46Амирбек Бакаев Беларуснинг бошқа бир клубига ўтди  5 21:15"Машъал" ганалик ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  2 20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  9 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  3 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  10 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  2 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  26 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   3 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  9 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  8

Timur Kapadze: "SHogirdlarimning kelajagi porloq, faqat..." Yangiliklar

Timur Kapadze: "SHogirdlarimning kelajagi porloq, faqat..."

Coca Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

"Qizilqum" klubini g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv qiziqarli ruhda o'tdi. Ikkala jamoa ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Navoiyliklarda tajribali futbolchilar etarlicha, ular o'yin taqdirini hal qilishdi. O'ylashimcha, mazkur bahsga tashrif buyurgan tomoshabinlar qiziqarli to'qnashuv guvohiga aylandi.

- Ruslan Jiyanovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Bugun u yomon o'ynamadi. Lekin bilaman, u bundan-da yaxshiroq o'yin ko'rsata oladi. Yigitlar yosh, ularda bazida nimadir etishmasligi mumkin, qolaversa, raqib jamoa ham qarshilik ko'rsatishga harakat qiladi. Ammo shu kabi o'yinlarda ular o'sishga erishadi. Yigitlarning kelajagi porloq, faqatgina buning uchun ko'proq mehnat qilishi kerak.

- O'tkazib yuborilgan gollarda himoyachilarning aybi bormi?

- Ha, ularda ham ayb bo'lishi mumkin, sababi, raqibning gol urishi uchun imkoniyat yaratib berishdi. Temirxo'ja ikkinchi golni tajribasiga tayangan holda ijro etdi, biroq unga qarshilik qilishimiz mumkin edi. Xatosiz gol bo'lmaydi, kamchiliklarni o'rganib chiqamiz", dedi "Olimpik" ustozi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика