So’nggi yangiliklar

12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  7 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  6 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  18 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7

Timur Kapadze: "Raqibni aldab o'ta oladigan futbolchilarimiz qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Raqibni aldab o'ta oladigan futbolchilarimiz qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi"

U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi O'zbekiston - Bangladesh (6:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze qatnashdi.

"Barchani g'alaba bilan tabriklayman. CHiroyli o'yin bo'ldi, yigitlar yaxshi o'ynashdi. Balki Bangladesh bizga qarshilik qila olmagandir, ammo baribir yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bugun kamroq maydonga tushgan futbolchilarni sinab ko'rdim. Ularning harakatlarini maydonda ko'rib olishga qaror qildim. 90 daqiqa davomida biz o'yinni nazorat qildik va yirik g'alabaga erishdik.

Bizda to'p bilan yurishni yaxshi ko'radigan futbolchilar ko'p, ularga ko'p bor tushuntiramiz: kerakli paytda ishlatinglar, boshqa payt pas beringlar deb. Ular mana shu kamchilikni yo'qotishsa bo'lgani. Aslida raqibni alday oladigan futbolchilarimiz qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.

To'g'ri futbolchilarimiz turli klublardan kelishgan, ammo mana shunday o'yinlar va g'alabalar orqali o'zaro tushunishni yuqori cho'qqiga olib chiqamiz. Keyingi yilgi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik uchun vaqtimiz kam qolmoqda. Saudiya Arabistoni bilan bahsdan keyin biz o'zimiz uchun ko'p malumotlar oldik. Kamchiliklarimizni ko'rib oldik.

Diyor Xolmatov potenciali kuchli bola. Texnika, to'p bilan muomala qilishda ham. SHunday futbolchi o'sib kelayotganidan xursandmiz. U nafaqat klubda, balki terma jamoada ham foydali o'yinchi bo'la oladi. Diyor universal futbolchi, o'rtada ham, qanotda ham o'ynay oladi. Faqat to'p yo'qotilganida qaysi zonani yopish kerakligini tushunib olsa bo'ldi", - dedi Timur Kapadze.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика