So’nggi yangiliklar

19:00Саудия Арабистонининг иккинчи даражали лигасидаги жамоа Моуриньюга қизиқиш билдирмоқда  0 18:36Бу жамоа 22 йил ўтиб АПЛга қайтди  3 18:29АПЛ. "Арсенал" ВАР қарорлари туфайли ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  12 18:15Суперлига. "Андижон" - "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  20 17:31Куртуа қайтди. "Реал" асосий таркиби эълон қилинди  3 17:06Рюдигер Роналдуни "Реал"нинг энг буюк футболчиси деб атади. Криштиану тезда "коммент" ёзди  12 16:45Мартино Ди Мариянинг "Интер Майами"га ўтиши ҳақидаги миш-мишларга фикр билдирди  0 15:53Финалдаги ҳиссиётлар. Япония - Ўзбекистон ўйинидаги суратлар жамланмаси  5 15:24Суперлиганинг 6-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:19АПЛда "Олтин қўлқоп" кимга насиб этиши маълум бўлди  6 14:43"Бавария" Эрик тен Хаг номзодини кўриб чиқяпти  9 14:14Кассано: "Аллегрини матбуотда 4-5 нафар дўсти бор, улар мураббий айтганини ёзади"  0 13:42Ҳеч нарса қилмаган одам хатога йўл қўймайди  26 13:21Ройсга МЛС клублари қизиқиш билдирмоқда, аммо...  3 13:13U-23 Осиё Кубоги. Финалдан кейинги кадрлар ва тақдирлаш маросими ГАЛЕРЕЯ  12

Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo'ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o'z maqsadimizga erishishimiz kerak" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo'ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o'z maqsadimizga erishishimiz kerak"

O'zbekiston olimpiya terma jamoa Timur Kapadze Vetnam ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- O'yin haqida

- G'alaba bilan tabriklayman. Yaratganga shukr, guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondik. O'yinga tayyorlagan rejamiz ish berdi va bugun g'alaba qozondik. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Saudiyaga qarshi o'yin qiziqarli bo'lishiga shubham yo'q. 

Alisher Odilov

- O'yin haqida 

- O'zbek halqini g'alaba bilan tabriklayman. Maqsadimiz keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonish.

- Jamoangiz 9 ochko to'pladi va birorta gol o'tkazib yubormadi. Guruh bosqichidagi yuz foizlik natija futbolchilaringizning o'ziga bo'lgan ishonchini yanada oshiradimi?

- Bunday natija qayd etish yaxshi. Bugun yaxshi o'ynadik va deyarli raqib hujum qilishiga yo'l qo'ymadik. Asosiysi, keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish.

Alisher Odilov

- Guruh bosqichidagi yuz foizlik natija o'zingiz bo'lgani ishonchni yanada oshiradimi?

- Ushbu natijani davom etirishimiz kerak. Keyingi qolgan uchta uchrashuvda ham gol o'tkazmaslikka harakat qilamiz.

- Ikki yil avval finalda Saudiyaga Arabistoniga alamli tarzda mag'lub bo'lgandik. O'sha final alamini olish vaqti keldi. Saudiyani bu safar qanday mag'lub etmoqchisiz?

- Ikki yil oldingi Saudiya bilan hozirgi Saudiya tarkibida katta o'zgarishlar bo'lgan. U vaqt ichida biz ham katta o'sishga erishdik. Osiyo o'yinlarida ham Saudiya bilan o'ynadik va g'alaba qozondik. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar o'z maqsadimiz sari yurishda davom etamiz. Saudiya ham yaxshi jamoa.

- Jamoangiz musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligi shubhasiz. Pley-off bosqichida kuchli raqiblar bilan to'qnash kelishingiz aniq. Ayrim bir murabbiylar kuchli jamoalarga qarshi alohida reja tuzadi. Siz Saudiya kabi kuchli jamoaga qarshi alohida reja tuzib chiqasizmi?

- Albatta. Guruh bosqichida osonroq bo'ladi. Pley-offda esa Osiyoning eng kuchli jamoalari yig'iladi. O'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun 2 kun vaqtimiz bor. Saudiyani o'rganib chiqamiz va yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Qanday raqib bo'lmasin, biz o'z maqsadimizga erishishimiz kerak.

- Jamoangiz namoyish etayotgan bunday ishonchli o'yinning sababi nima deb o'ylaysiz? "Olimpik" jamoasining tashkil etilgani bunga asosiy sabab deb o'ylaysizmi? O'rta Osiyodagi boshqa federaciyalarga ham shunday yo'l tutishni maslahat berasizmi? Bunday klub tashkil etilgani terma jamoangizga katta foyda keltirayotganini ko'rishimiz mumkin. Qo'shni mamlakatlar ham shunday yo'l tutsa sizning jamoangizdek natija qayd etishi mumkinmi?

- "Olimpik" jamoasi tashkil etilayotgan chog'i, ushbu loyihaning maqsadi o'z klubida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan yoshlarni bir jamoaga yig'ib o'ynatish edi. Bu reja yaxshi ish berdi deb o'ylayman. Biz ataylab boshqa klublarda o'z o'rnini topib ulgurgan futbolchilarni jamoaga jalb etmaganmiz. Hozirgi kunga kelib bizda ikkita tarkibga etarli kuchli futbolchilar bor. Loyihamiz hali hamon davom etmoqda va "Olimpik" jamoasi Superliga yomon ishtirok etmayapti deb o'ylayman. Asosiy maqsadimiz hali hamon o'sha-o'sha Olimpiyadaga yo'llanmani qo'lga kiritish.




Reyting: +36   

Fikrlar

+3   
23 apr 23:42:22
Fan_BARCA
Bosib o'tib ketinglar Saudlarni olg'a O'zbekiston
+2   
24 apr 00:00:18
Fc Milan20
Saudiya Arabistonidan bitta xavf kutish mumkin. Hozirda olimpiya terma jamoamiz ulardan har qanaqasiga kuchli. O'zlari kuchi yetmasligini bilsa ular, boshqa choralarni ko'rishga kirishadi. Katta ehtimol arab hakam tayinlanadi ular bilan o'yinda. Hakam imkon boricha ularga yon bosadi. Shunga imkon qoldirmaslik kerak Temur aka. Ularga qarshi qoida buzishlarda ehtiyot bo'lish kerak. Arzimagan narsalarga sariq berish ehtimoli bor. Eng asosiysi qizil berilishidan ehtiyot bo'lish kerak.
+2   
24 apr 00:00:08
Jamshid Abdusamadov
Куплар куркиб турган нарса Саудия имиджини екотмаслик учун маблаг кетказса хам ниятига етишиши. Балки Вьетнам атайин ютказгандир Саудияга тушмаслик учун
   
24 apr 15:29:57
DavrON€
O'tgan u-23 osiyo chempionatida Saudiyani tarkibida bizdan kotta yoshli o'yinchilar o'ynagan, hozir u tarkibdan 90% yo'q. Manimcha hudo holasa bularni bemalol yutamiza.
   
24 apr 10:47:30
Odilbek77
France_98 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ким кучли бўлса шу ютади. Аллоҳни адолати шу. Хафта кунлари, қуёш чиқиши ботишини алоқаси йўқ.
Albatta. Yaxshi niyatda endi.
   
24 apr 09:26:42
France_98
Odilbek77 foydalanuvchining fikriga javob berish
Juma kuni oʻynar ekanmiz saudlar bilan. Yaxshi xosiyatli kun boʻladi, nasib etsa.
Ким кучли бўлса шу ютади. Аллоҳни адолати шу. Хафта кунлари, қуёш чиқиши ботишини алоқаси йўқ.
   
24 apr 09:12:23
M.S
Камтаррок булавериш керак,Тимуржон!
   
24 apr 06:47:00
Tinchliksevar
GALABA Bizni take etmasin foydalanuvchining fikriga javob berish
Темур котта гапирма, выполняй!
Kotta gapirmagan
   
24 apr 00:14:14
Bu shunchaki o'yin
Saudiya bn o'yinda hech qanday kamchilik bo'lmasligi kerak. Buning uchun keraklicha vaqt, harakat, Olimpik loyihasi, UFAning muzokaralari va b. qilindi. Endi chiq o'sha Olimpiadasiga O'zbekiston!
   
24 apr 00:14:13
Bu shunchaki o'yin
Saudiya bn o'yinda hech qanday kamchilik bo'lmasligi kerak. Buning uchun keraklicha vaqt, harakat, Olimpik loyihasi, UFAning muzokaralari va b. qilindi. Endi chiq o'sha Olimpiadasiga O'zbekiston!
   
24 apr 00:03:29
Odilbek77
Juma kuni oʻynar ekanmiz saudlar bilan. Yaxshi xosiyatli kun boʻladi, nasib etsa.
   
24 apr 00:02:27
Odilbek77
GALABA Bizni take etmasin foydalanuvchining fikriga javob berish
Темур котта гапирма, выполняй!
Qani katta gapirgani?
   
23 apr 23:58:00
GALABA Bizni take etmasin
Темур котта гапирма, выполняй!
   
23 apr 23:43:27
Farkhod Norbekov
Ko’rinib turibdi yigitlar ajoyib o’ynamoqda ba kuchli tariibga egamiz,lekin iltimos alohida penaltiylar seriyasiga tayyorgarlik ko’rishsin bollar
   
23 apr 23:42:39
Andijon 18-sector Hammani Yoradi
INSHA'ALLAH ALLOHIM Madadkor bo'lsin.
ALLOHIM Yuzingizni Yorug' qilsin Vatanimiz Mard o'g'lonlari.
Hammangizga ALLOHIM Hayrli va go'zal kelajaklarni ko'rishlikni nasib qilsin.
Hammangiz Ha hammangiz kamida Top 5 ligalarni "yondirib" yurilar.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика