So’nggi yangiliklar

09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  1 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  9 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5

Hech narsa qilmagan odam xatoga yo'l qo'ymaydi Yangiliklar

Hech narsa qilmagan odam xatoga yo'l qo'ymaydi

Qatar stadionlarning 11 metrlik nuqtasi - dushmanimiz.

Avvalroq aytganimdek, olimpiyachilarimizning kechagi mag'lubiyatidan so'ng zarracha xafa bo'lganim yo'q. Janubiy Koreya, Yaponiya termalariga qarshi bahslarda, odatda, Joze Mourinyu uslubidagi taktika asosida harakatlanishlarga ko'nikib qolgandik. Kecha esa maydonda qad rostlagan o'g'lonlarimiz asosiy etakchilarsiz ham "samuraylar" bilan xotirjam o'yin namoyish etishdi. Yani biroz ishtiyoqimiz yuqori bo'lganida yoki legionerlarimiz ortga qaytishmaganda, yigitlarimizning o'yinda ham, natijada ham ustunlik qayd etganini tishlarimiz orasiga gugurt cho'pini solgancha kuzatgan bo'lardik, ehtimol. Ularsiz ham masalani ijobiy tarafga hal etishimizga bir bahya qoldi.

Kechagi o'yin biroz esnoqlarga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Sababi, birinchidan, asosiy vazifa uddalangan bo'lsa, ikkinchidan, avvalari Yaponiyaning hujumkor o'yin namoyish etishini ko'rib, o'rganib qolganimizdan deyishimiz mumkin. Kecha esa raqib jamoa o'zlari istagandek o'yini ko'rsata olmadi. Jarayon haqida tasavvur hosil qilishingiz uchun matematikaga yuzlanmoqchiman:


Yaponiya — O'zbekiston

To'p nazorati(%): 48-52

Burchak zarbasi: 3-10

Passlar: 400-420

Passlar aniqligi(%): 70-72

Zarbalar: 8-18

Aniq zarbalar: 2-5


Rahmonalievning golga aylanmagan penaltisi chog'i qovoqlarimda yog'ingarchilik sodir bo'lgani yo'q. Ha, yarim himoyachimiz muhim pallada raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. Biroq taniqdirlarga sabab bo'lgan hamyurtimizni oqlash uchun sabablar etarlicha. Birinchidan, u shunchaki darvozabonga to'pni berib qo'ymadi yoki noaniq zarba yo'llamadi. Yarim himoyachi maksimal ravishda to'pni burchakka yo'naltirishga harakat qildi, biroq zarba berish oldidan bo'lgan nigohi uni raqibga sotib qo'ydi, desak mubolag'a bo'lmaydi, yani yaponiyalik posbonning mahoratini ham etirof etish joiz. Ikkinchidan, terma jamoamiz uchun asosiy vazifa bajarib bo'lingandi. Rahmonaliev yarim finalda shunday ish tutganda, ehtimol, haqli ravishda tanqid qilishimiz mumkin edi. Uchinchidan, hamma xato qilishi mumkin. Bir necha oy muqaddam ushbu lotoreya aynan Qatar yashil maydonlarida milliy terma jamoamizning oyog'idan chalgandi. Va eng muhimi, Umaralida boshqalarga nisbatan dovyuraklik yuqoriroq. Zero, bunday o'yinlarda, qolaversa, taniqli shaxslar va stadionni to'ldirib turgan muxlislar qarshisida masuliyatni o'z zimmasiga olishni uncha-muncha futbolchi xohlaymaydi. 20 yoshdagi(!) Umarali esa o'zidan kattalar ishtirok etayotgan musobaqaning hal qiluvchi lahzasida bundan cho'chimadi. 

SHu o'rinda, boshqa bellashuvni eslatmasam bo'lmaydi. Yodingizda bo'lsa, o'tgan yili yurtimiz yashil maydonlarida 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi finalida Iroq bilan to'qnash kelgandik. Davlat rahbari tashrif buyurgan mazkur uchrashuvdagi yagona g'alaba keltiruvchi golni aynan Umarali Rahmonaliev PENALTIDAN urgandi. Prezident qarshisida muhim onda "dux" ko'rsatish siz-u mening qo'limizdan kelmasligi mumkin. "Rubin" o'yinchisida esa bu etarlicha. 



Qolaversa, hamyurtimiz o'yindan keyin intervyu berishga va uzr so'rashga jurat topa oldi. Bu xislatini ham faqatgina olqishlashimiz mumkin. SHu bilan birga, Rahmonalievning Saudiya Arabistoniga qarshi chorak finalda revansh olishimizda muhim gollardan birini urganini unutmasligimiz joiz.



Umarali kelgusi U-23 Osiyo kubogida ham ishtirok etishi mumkin. Parij Olimpiadasida esa 20 yoshli yigitchaga o'z so'zini aytish nasib etsin. U zabt etishi kerak bo'lgan marralar hali oldinda.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика