Bu jamoa 22 yil o'tib APLga qaytdi
04 may 2024 18:36
Yangiliklar
Kiran Makkena boshchiligidagi "Ipsvich" CHempionshipning 46-turida "Xaddersfild"ni taslim qildi (2:0) va 96 ochko to'plab, mavsum yakuniga ko'ra jadvalda ikkinchi o'rinni egalladi.
"Traktorchilar" raqibi "Lids" esa so'nggi turda "Sautgempton"ga mag'lub bo'lib (1:2), uchinchi o'rinda qoldi. Oldinroq "Lester Siti" APL yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
CHempionshipning birinchi va ikkinchi o'rin egalari APLga yo'l olishdi. Keyingi to'rtta o'rin sohiblari ("Lids", "Sautgempton", "Vest Bromvich" va "Norvich") pley-off o'yinlarida ishtirok etishadi.
"Ipsvich Taun" so'nggi bor 2001/02 mavsumda APLda ishtirok etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar