So’nggi yangiliklar

09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  5 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  2 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109

Timur Kapadze: "Qarshida ham ajoyib atmosferada o'ynashimizga ishonaman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Qarshida ham ajoyib atmosferada o'ynashimizga ishonaman"

O'zbekiston - Qatar uchrashuvidan so'ng o'zbekistonliklar ustozi Timur Kapadze va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Hojimat Erkinov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yinda Jasur Jaloliddinov zaxiraga olindi, bunga sabab u jarohat oldimi yoki hisobdan kelib chiqib shunday qarorga keldingizmi?

- Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislarga ham qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchili bildiraman. Bugun atmosfera ajoyib edi. Jasur haqida gapiradigan bo'lsam, uning salomatligi yaxshi, shunchaki boshqa o'yinchilarga ham imkon berdim. 

- O'yin oson bo'lishini kutganmidingiz? 

- O'yinga yaxshi tayyorlangandik. Raqibni o'rgandik, qatarliklar charchab qolishgandi, shu bois hisob yiriklashib ketdi. 

- Bugun jamoa chindan ham shiddatli o'yin namoyish etdi. Biroq raqiblariga nisbatan ko'p qo'polliklarni amalga oshirdi. Arab futboliga tayorgarlik bo'lmadimi?

- Yigitlarning har biri kuchli o'yin mahoratiga ega. O'yin shiddatli, kurashlarga boy bo'ldi. Bu kabi to'qnashuvlar tabiiy holatda yuzaga keldi, ehtimol, shu sababli ogohlantirishlar olgandirmiz.

- Bugun shogirdlaringiz kutilganidan yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. Qiyin ruhda o'tgan ilk o'yindan so'ng bunday tayyorgarlik ko'rishga nima sabab bo'ldi?

Hojimat Erkinov: - birinchi o'yin qiyinroq o'tdi, ikkinchi bahsga birinchisidan jiddiyroq tayyorlandik. Turkmaniston ham oddiy jamoa emasdi, ular bugungi o'yinda g'alaba qozondi.

Timur Kapadze: - Turkmaniston himoyaviy o'yin ko'rsatgandi. Qatar esa ochiq o'yin namoyish etdi va biz bundan unumli foydalandik. Turkmaniston kuchsiz jamoa emas, ular bugun Eronni mag'lub etib, qanday qudratga ega ekanligini isbotladi.

- Keyingi o'yinlarda ham shu bir xil tarkibni maydonga tushirasizmi?

- Ehtimol, o'zgarishlar bo'lishi mumkin, chunki zaxiradagi futbolchilar ham hozirda yaxshi darajada. O'zgarishlarni vaziyatga qarab amalga oshiramiz. 

- O'yinning asosiy qismiga to'xtalib o'tsangiz, Qatar muxlislaringiz qarshisida hayajonlangani uchun yutqazdimi yoki boshqa sababi bormi?

- Albatta, muxlislar qarshisida to'p tepish qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Raqibni mukammal o'rgandik hamda taktik tarafdan ham, individual tarafdan ham yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. 

- Keyingi o'yin Qarshi shahrida o'tkaziladi, futbolchilar bunday safarga tayyormi?

- Ertalabdan kelgusi o'yingacha tiklanishga harakat qilamiz, tush vaqti Qashqadaryoga samolyot orqali parvoz qilamiz. Oldimizda tayyorgarlik ko'rish uchun ikki kun vaqt bor. O'ylaymanki, Qarshida ham ajoyib atmosferaga duch kelamiz, sababi u erdagi futbol ishqibozlarini muxlislarining qanday qo'llab-quvvatlashlarini yaxshi bilamiz.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика