So’nggi yangiliklar

01:45ЕЧЛ. "Реал Мадрид" – "Бавария" 1:1 (матнли трансляция)  136 01:07Жанни Инфантино: "Ўзбекистондаги Жаҳон чемпионатида юқори сифатли ўйинлар бўлишини кутяпман"  0 00:26ЕКЛ. "Фиорентина" икки ўйин натижасига кўра "Брюгге"дан устун келди ва илк финалчига айланди!  0 23:58Мбаппега Саудия Арабистонига кетишни маслаҳат беришди  2 23:36"Манчестер Юнайтед" дунёнинг энг қиммат клуби деб топилди!  4 23:00ЕЧЛ финали сари йўл. "Реал Мадрид" – "Бавария". Асосий таркиблар аниқ!  39 22:21Кроос: "Бавария"га қарши ўйинни финалдан умуман фарқи йўқ. Математика билан шуғулланиш керак эмас"  2 21:54Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувига тайинлов олди  4 21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  17 21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  9 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  6 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  7 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  1 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  6

Timur Kapadze - Ortga qaytgan futbolchilar, Fayzullaev va Husanov hamda "Nasaf" bilan o'yin haqida Yangiliklar

Timur Kapadze - Ortga qaytgan futbolchilar, Fayzullaev va Husanov hamda "Nasaf" bilan o'yin haqida

Qishki transferlar vaqtida "Olimpik" jamoasi tarkibida o'zgarishlar yuz bermoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze bir necha kundan so'ng start oladigan Superliga bahslari va O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Qatardagi Osiyo chempionatiga tayyorgarligi haqida fikrlarini bildirib o'tdi. "Olimpik" ustozi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari bilan ham o'rtoqlashdi. 

- Umuman olganda nafaqat biz, balki Superliganing barcha jamoalari xorijda yig'in olib boryapti. Birinchidan sharoit tomonlama, mashg'ulotlar, kuchli raqiblar bilan o'yinlar uchun bu qulay bo'ldi. Ikkinchidan tiklanish va yuklamalar uchun ham kerak edi. Muhimi tarkibimizda jarohatlanganlar yo'q. Qaerdadir kamchiliklarimiz bo'ldi. Asosiysi sog'-salomat qaytishdi. Oldinda og'ir mavsum kutmoqda. 

- Imkoniyatimizdan foydalanib olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarni ham ko'rib oldik. Taktik, amaliy tomonlama mashg'ulotlar o'tkazdik. SHu bilan FIFA kunlarida ko'rishamiz. Birinchi yig'inimiz 18 mart kuni boshlanadi. Hozir 2-3ta variantlarni ko'rib chiqyapmiz. Rejada o'rtoqlik uchrashuvlari bor. Kelib bitta tur o'tkazib, Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichiga kirishamiz. So'nggi bir haftalik yig'inni BAAda o'tkazishni rejalashtiryapmiz. O'sha paytda barcha yaxshi formada bo'lishi muhim. Legionerlar qachon etib kelishadi, bu muammo ham bor. O'ylaymanki, buni ijobiy hal qilamiz. Oldimizda yuqori maqsad turibdi. 

- Abbos Fayzullaev va Abduqodir Husanov kabi futbolchilarimiz borligidan faxrlanamiz. Ular yordam bera olmasa afsuslanarli bo'ladi albatta. O'FA tomonlama ham, boshqa taraflama ham buni hal qilishga harakat qilamiz. Bu futbolchilarni jalb qilishda muammo yuzaga kelish ehtimoli bor. O'ylaymanki, hammasi joyda bo'ladi. 

- Timur Mamasidiqov va Abdurauf Bo'rievni ijaraga oldik. Ularni qo'yib yuborish niyatim bor edi. Yaxshi taklif qilsa, o'ynasa qo'yib yubormoqchi edik. Lekin rahbariyat bilan gaplashib hozirgi kunda biz bilan bo'lgani yaxshi, degan qarorga keldik. Oldimizda turnir bor. Deyarli klubi bilan bo'lmaydi. SHartnoma tuzishdi va bizga ijaraga berishdi.  

- Birinchi yoki ikkinchi tur oson raqib bo'lmaydi. Nasib qilgani bo'ladi. "Nasaf" kabi kuchli jamoa bilan o'ynashimiz men uchun juda yaxshi. O'zimizning o'yinimiz, kamchiliklarimizni ko'rib olish imkoniyati bor. "Nasaf"ning OCHLdagi o'yinlari, tarkibdagi yangi futbolchilarini kuzatamiz. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Tarkib borasida katta yo'qotishlar yo'q. Jasur Jaloliddinovning ketishiga normal qaradik. Yangi futbolchilarni ko'rib chiqyapmiz. Tayyor futbolchini olish bizning falsafamizga kirmaydi. Ularni yana ko'rib chiqamiz. Mening vazifam ularni yanada yaxshi holatga olib chiqish. 

Reyting: +13   

Fikrlar

+5   
13 fev 18:47:57
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Рахмат шу болагаям. Акли етгунича харакат килаяпти. Узимиздан хам яхши тренерлар чиксин.
+1   
13 fev 21:07:10
Realist 2
Shu prayekt juda yaxshi bo'ldi. Nasib qilsa o'z mevasini beradi.Legoinerlar bilan muammo bo'lishi turgan gap. Ayniqsa Abbos bilan. Yo'llanma qo'lga kritilsa, bu katta yutuq. Fransyada futbolchilarimizga top 5 dan ancha qiziqishlar bo'ladi. Futbolimizni kelajagi shu loyixa va uning muofaqiyatiga bog'liq.
+1   
13 fev 19:51:36
Bekzod Sharipov
Shaxsan men 23 yoshgacha olimpikka oxshagan legionerlarsiz klublarimiz 4 5 ta bo'lishini va ularga hamma sharoit: maydon, qulay ixcham stadion, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha kuchli murabbiylar va kuchli sparring raqiblar topib berilishini xohlardim. Terma jamoamiz bazalari bo'lsin. Kuchli yevropa jamoalari bn yoshlari bn o'ynasin
+1   
13 fev 19:25:37
Fenomen
Энг кучли таркиб бизда лекин олимпиядаги чикиш учун ажойиб таркиб бор лекин фойдаланиш имкониятини билмади куп асосий футболчилар легионерлар ва миллий жамомизга хам номзод хисобланишади муаммо манашунда айникса файзуллаев , хусанов, эркинов, рахмоналиев буларда катта тажриба бор
   
15 fev 14:19:01
Izzatillo89!
Олимпиадага чиқса куп футболчиларга харидорлар чиқади. Нематов, жалоллиддинов, давронов лар.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика