So’nggi yangiliklar

17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  1 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  6 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  11 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  4 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  2 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10

Timur Kapadze: "Olimpiya" safida yaxshi futbolchilar bor ekan" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Olimpiya" safida yaxshi futbolchilar bor ekan"

Teglar :  Timur Kapadze
"Olimpik" hamda "Olimpiya" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 2-tur o'yinidan (3:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze: "Jamoamizni g'alaba bilan tabriklayman. Ikkala jamoa yaxshi harakat qildi. Yomg'ir o'yinga biroz tasir qildi deb o'ylayman, ammo ikkala tomon ham futboldan zavq oldi deb o'ylayman. Bugungi bahsda 3tadan ko'proq gol urishimiz mumkin edi. "Olimpiya" safida yaxshi futbolchilar bor ekan. Ular jamoa bo'lib yaxshi harakat qilishdi. Biz esa navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Raqib futbolchilari ancha kichik, shogirdlaringizni bu bahsga qanday tayyorladingiz?

- "Olimpiya" "Navbahor" bilan yaxshi o'yin ko'rsatishdi, bugun ham shunday bo'ladi deb o'yladik. Raqibga past baho bermaslik kerak. Imkoniyatimiz darajasida o'ynadik. Bizning va ularning vazifasi boshqa. "Olimpiya"da motivaciya katta bo'lishini, o'zini ko'rsatishga urinishini tushinib turgan edik. Kimdadir o'ziga haddan tashqari ishonch bo'lgandir, lekin raqibga past baho berganimiz yo'q.

Ha, bazi joylarda to'pni ko'p ushlab qolib, xatolarga yo'l qo'ydik. O'yinni xotirjam o'tkazsak bo'lardi, biroq yigitlar biroz shoshishdi yoki noodatiy paslar berishga urinishdi. O'yin biz va raqib uchun foydali bo'ldi. CHunki "Olimpiya" boshqacha himoyalandi - himoyaga to'liq yotib olmay, ikkinchi zonada kutib olishdi. SHu sababli bizda pas berish uchun hududlar paydo bo'ldi.

- "Olimpiya" safida yaxshi futbolchilar bor dedingiz, ulardan birortasini "Olimpik" safiga qo'shib olish niyatingiz bormi?

- Nafaqat "Olimpiya", boshqa joylardagi iqtidorli yigitlarga ham imkoniyat bersa bo'ladi. Hammaga bir xil qaraymiz. Ularning asosiy futbolchilari terma jamoa safida. Agar yaxshi yigitlar bo'lsa sinab ko'ramiz. Bu borada Odil Ahmedov bilan kelisha olamiz deb o'ylayman.

- May oyida jamoangizni "Neftchi" va "Navbahor"ga qarshi ikki og'ir o'yinlar kutib turibdi. Bu to'qnashuvlarga qanday tayyorgarlik ko'ryapsiz?

- Bugundan tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. "Olimpiya"ga qarshi bahsni tayyorgarlik emas, o'yin amaliyoti degan bo'lardim. Yigitlar bilan bizni ikkita muhim o'yin kutib turganini muhokama qilgan edik. Ertaga tiklanish, 2 kun esa "Neftchi" bilan bahsga tayyorlanamiz. Ular nima qilishini taxminan bilamiz. Ko'ramiz, o'sha kuni qanday o'yin namoyish etarkanmiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика