So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  1 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  11 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  34 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

Timur Kapadze: "Kamerunga qarshi qanday uslubda o'ynashimiz murabbiyning ko'rsatmasi, talablariga bog'liq" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Kamerunga qarshi qanday uslubda o'ynashimiz murabbiyning ko'rsatmasi, talablariga bog'liq"

Serchko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyadagi yig'in doirasida Kamerun va Kosta-Rika bilan kuch sinashadi.

Mazkur bahslar oldidan o'z vaqtida terma jamoa bosh murabbiyi sifatida Afrika qitasining Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi terma jamoamizni boshlab tushgan Timur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik.

- Oldindagi uchrashuvlarda terma jamoamizdan qanday o'yin kutyapsiz?

- Albatta terma jamoamizdan doim g'alaba kutamiz. O'ylaymanki, yigitlar chiroyli o'yin ko'rsatib yutuqni o'zlariniki qilishadi.

- Afrika qitasi jamoalari borasida sizda tasavvur va ko'nikma shakllangan. Kamerun ham Senegal va Marokash kabi kuchga egami?
- Ularning asosiy kuchi jismoniy baquvvatligida. Lekin hozir bizning futbolchilarimiz ham jismoniy holatini ancha yaxshilab olishgan.



- Bu o'yinlar qaysi tomonlama samara keltirishi mumkin?
- Xalqaro uchrashuvlarning har biri foydali bo'ladi. Kamerun Afrikaning nomdor va kuchli terma jamoalaridan biri. Ko'p futbolchilari Evropada to'p tepadi.

- Murabbiy sifatidagi dastlabki uchrashuvni Senegalga qarshi o'tkazgansiz. Nimalar yodda qolgan?
- Bu o'ziga hos masuliyat edi. Senegalning jismonan kuchli ekanligini bilgan holda ko'proq to'psiz qoldirib, yugurtirishga harakat qilganmiz. O'zimizning kuchli jihatlarimizni ishga sola bilganmiz. SHunisi aniqki, yaxshi o'yin ko'rsatganmiz, deya olaman.

- Demak vakillarimiz ham Kamerunga qarshi ko'proq to'p bilan muomalada bo'lishi kerak?
-  Har bir raqibni hurmat qilish kerak. Qo'rqadigan joyi yo'q. Maydonda hammasi hal bo'ladi. Qanday uslubda to'p tepishimiz murabbiyning ko'rsatmalariga bog'liq. Qanday taktika tanlaydi, nima talab qiladi. Katanec raqibni o'rgangan. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика