So’nggi yangiliklar

08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  0 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  0 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  2 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  67 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  4 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  4 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1

Timur Kapadze: "Jamoada bir "kasallik" bor" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Jamoada bir "kasallik" bor"

Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Olimpik" o'yinidan so'ng mehmonlar ustozi Timur Kapadze matbuot andumanida qatnashdi.




"G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Muvaffaqiyat bilan butun jamoani tabriklayman. Qiyin uchrashuv bo'ldi. Superligada oson o'yinning o'zi yo'q. "Lokomotiv"ning hozirgi vaziyatidan kelib chiqqan holda, ularning bor kuchini berib harakat qilishini sezgandik. Guvohi bo'lganingizdek, birinchi bo'lim biroz qiyin bo'ldi. Darvozamizdan tezkor gol o'tkazib yubordik. Bu biz uchun kassalikday bo'lib qoldi, yani dastlab raqib gol urishiga imkoniyat berib, so'ngra vaziyatni o'nglayapmiz. SHunga qaramay, bugun g'alaba qozondik. Ikkinchi bo'limda nisbatan xatosiz o'yin namoyish etdik.

– Jamoa birinchi bo'limda maqsadsiz o'yin namoyish etgandik taassurot qoldirdi. Ikkinchi bo'limda esa jamoa o'yiniga kuch qo'shildi. Buning sababi nima?

– Ko'rganingizday, "Lokomotiv" himoyaviy 5-4-1 sxemasida harakat qildi. Biz raqib mudofaasini yorib o'tishga qiynaldik va xatolarga yo'l qo'ydik. Tezkor gol o'tkazganimizdan so'ng raqib butkul himoyaga yotib olib, o'z imkoniyatini kutdi. Tanaffusda o'zgarishlar qildim hamda yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni berdim. Ikkinchi bo'limda esa yaxshi o'ynadik.

– Kelgusida shogirdlaringizga boshqa jamoalardan taklif bo'lsa, ularni qo'yib yuborasizmi?

– Ular qanchalik kuchli bo'lsa, men uchun shuncha yaxshi. Agar qo'l ostimda bo'lsa, ularning imkoniyatini baholay olaman. Kuchliroq jamoalardan ularning doimiy o'ynashi kafolatlanmagan. SHu bois, buni vaqt ko'rsatadi. Men uchun ular shu erda bo'lgani yaxshi, chunki chempionatdan tashqari Osiyo kubogi va Olimpiadaga tayyorgarlik ko'ryapmiz. SHu maqsad yo'lida barchamiz bir fikrdamiz.

– Jamoa o'yinlarida charchoq ko'zga tashlanyapti, ham U-21, ham Superligada, qolaversa, terma jamoada o'ynamoqda. Siz bu jamoaga ko'proq futbolchi olish xaqida o'ylamadingizmi?

– Menimcha, yigitlarda toliqish yo'q. CHetdan qaraganda, boshqa jamoalar bizdan ko'proq charchamoqda. Har bir o'yinda raqibni kuzatsangiz, bunga amin bo'lasiz. Albatta, mashg'ulotlarda yuklamalar beriladi. CHunki bu orqali rivojlanish bo'ladi. Zaxirada ham yigitlar etarlicha. Lekin bizda hammasi joyida.

– U-21 chempionatining ertangi bahsida "Olimpik" g'alaba qozonsa, muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtiradi. Bu o'ziga xos bahs uchun "Jar" stadioni yaxshi emasmidi?

– Menga qolsa, o'sha erda o'ynaganimiz yaxshi. Biroq bu bizning qo'limizda emas. "Jar"da boshqa o'yinlar xam o'tkaziladi. Men yaxshi maydonda o'ynash tarafdoriman. CHunki shogirdlarimdan kombinacion o'yin talab qilyapman, buning uchun yaxshi maydon zarur. Hechqisi yo'q, bizga zaxira maydon ham yomonmas, o'rta darajada.

– Siz "Lokomotiv"da ham uzoq vaqt faoliyat olib borgansiz. Jamoa hozirgi kunda muammolar girdobidan chiqib ketishiga ishonasizmi?

– "Lokomotiv"da hozir ham imkoniyat bor. Bu jamoa menga begona emas, klubni yaxshi ko'raman. Stadionga kelsam, o'z uyimga kelgandek bo'laman. Ularning hozirgi holatidan xavotirdaman. Lekin ular oxirigacha kurashishi kerak. Bunday jamoani Superligada ko'rmaslik g'alati bo'ladi. Hozir jamoaning birlashadigan payti. Bunday holatga kelishida nimalardir sabab bo'lgan. Lekin hamon ularda imkoniyat bor. Har bir jamoadan ochko olsa bo'ladi. Ularga omad tilayman. O'ylaymanki, ular Superligada qoladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика