So’nggi yangiliklar

11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  0 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  0 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  2 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  2 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  0 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1 07:49"Реал Мадрид" Мартин Субименди учун курашга киришди  0 07:25Венсан Компани: "Яқин йилларда ПСЖнинг қатор футболчилари Месси, Неймар ва Ибрагимович даражасига чиқади"  3 05:05Остон Ўрунов жамоаси Қатар клуби билан муроса кўчасини танлади  0 04:53АПЛ. "Арсенал" ва "Челси"ни мағлуб этган "Ньюкасл" ўз уйида ютқазиб қўйди  1 01:00Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор" 0:0  19 00:33Шацких: "Ҳужумда эса бизга охирги узатма ёки зарба етишмади"  16 00:05Роналду 30 ёшга тўлганидан бери 450та гол урди  27

Timur Kapadze: "Hayotimda bir bosqich tugab ikkinchisi boshlanyapti" (Ikkinchi qism) Yangiliklar

Timur Kapadze: "Hayotimda bir bosqich tugab ikkinchisi boshlanyapti" (Ikkinchi qism)

Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Timur Kapadze bilan suhbatning birinchi qismini chop etganimizdan (22 dekabr kuni)o'quvchilarning xabari bor. Bugun intervyuning yakuniy qismini o'qishingiz mumkin.

Kapadze bilan suhbatimiz davom etar ekan, endilikda sobiq futbolchi o'z faoliyatiga katta tasir ko'rsatgan murabbiylarni alohida tilga oladi, shuningdek xorijdagi faoliyati hamda terma jamoadagi yorqin xotiralarni esga oladi.

- Faoliyatingizga eng katta tasir ko'rsatgan murabbiy kim deb hisoblaysiz?
- Aslida qaysi murabbiy qo'l ostida o'ynagan bo'lsam, hammani bir o'rinda ko'raman. Kim bilandir ko'p, kim bilandir kamroq ishlaganman. Lekin baribir har bir futbolchi faoliyatiga tasir ko'rsatgan alohida murabbiylar bo'ladi. SHaxsan men uchun birinchi navbatda dadam Tohir Kapadze ko'p ish qilganlar. Dadamning maslahati bilan futbolni tanlaganman va futbolga kirib kelishimda dadam ko'p yordam bergan.

Bundan tashqari, Yuriy Vazgenovich Sarkisyanni ham alohida tilga olib o'tishim lozim. Aynan Sarkisyan menga katta futbol eshiklarini ochdi, buning uchun u kishiga alohida rahmat aytaman. Sarkisyan garchi o'yin paytida juda jahldor ko'ringani bilan o'yindan keyin va umuman mashg'ulotlar paytida futbolchilarni tushunishga harakat qilar, kerak bo'lsa hamma bilan hazillashardi.

Men “Neftchi”da o'ynab ko'p narsani o'rgandim, nafaqat murabbiydan, balki o'sha payt to'p tepgan Lebedev, aka-uka Do'rmonovlar, Pisarev, Isoqov, SHamsiev, Mataliev, Radkevich, xullas hammadan nimadir olganman. Keyinchalik “Paxtakor”ga o'tgach Tachmurod Agamurodov futbolchi sifatida shakllanishimda katta yordam berdi. Turkmanistonlik mutaxassis birinchi navbatda meni hujumdan yarim himoyaga o'tkazdi, qolaversa, yangi ampluada yo'qolib qolishimga yo'l qo'ymadi.

- Qaysi jamoada o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatganman deb o'ylaysiz?
- Yoshlikdagi o'yinlarni katta bo'lgach taqqoslab bo'lmaydi. To'g'ri, yosh payti tinmay yugurasiz, serharakat bo'lasiz, ammo futbolchi 28-29 yoshga etganda futbol nimaligini to'liq tushunib etar ekan. 30 yosh arafasida yanada aqlliroq o'ynay boshlaysiz. “Paxtakor”da olti yil to'p tepgan bo'lsam, har bir o'yinda ko'p harakat qilganman.

Lekin o'zimning eng yaxshi o'yinimni “Bunyodkor”da namoyish etdim deb o'ylayman. Nafaqat chiroyli o'ynash, balki ko'proq gol ura boshladim. “Paxtakor”da biroz yosh edim va jamoaning o'z etakchilari bor edi. Ammo “Bunyodkor”ga o'tib o'zim ham etakchilardan biri bo'lishimga to'g'ri keldi.

“Bunyodkor”dan so'ng Janubiy Koreyaga yo'l oldim, bu ham menga katta tajriba maktabi bo'ldi. Bu chet el klubiga ilk bor o'tishim edi, birinchi yil juda qiynalganman. So'ng BAA chempionatiga ("SHarja" klubiga) yo'l oldim va oxirgi o'rinda borayotgan jamoaga qo'shildim. BAAda ishlarim unchalik yurishmadi, qolaversa, men o'ynagan klubda ko'p futbolchilar deyarli havaskor bo'lib, ular asosan boshqa ish bilan shug'ullanar va ishdan bo'sh paytlarigina futbol o'ynashardi. Mashg'ulotlar ham zo'r o'tmasdi, yarim davra o'ynagan bo'lsam, ikki yo uchta o'yinni yutdik.

Bu bilan nima demoqchiman? Agar faoliyat uchun xorijga chiqishga to'g'ri kelsa, hech qachon oliy ligasida jon saqlash uchun kurashayotgan klubga bormaslik kerak ekan. CHunki muhit ham, etibor ham yaxshi bo'lmaydi. Mabodo pul ishlab olish uchun bo'lsa bu - boshqa gap. Ko'p o'tmay BAAni tark etdim va Qozog'istonning “Aktobe” klubiga borib qo'shildim. O'shanda mendan tashqari Aleksandr Geynrix bilan Marat Bikmaev ham shu jamoaga o'tgandi. 2012 yilning ikkinchi yarmida “Aktobe”ga qo'shilganimizda bu jamoada ettinchi o'rinda borayotgandi. Mavsumni esa uchinchi o'rinda tugatdik. Bundan rahbariyat ham xursand bo'lgan.

Biz kelganimizdan keyin “Aktobe” ikkinchi davrada birortayam yutqazmadi. 2013 yil esa chempionlikni qo'lga kiritdik, men ettita gol urdim. Meni yana bir xursand qilgan jihati, yil oxirida Qozog'iston chempionatining “Eng yaxshi legioneri” deb topilganim bo'lgandi. CHunki o'shanda Qozog'iston klublarida ettitadan legioner o'ynardi. Bu klubda ikki yarim yil to'p tepgan bo'lsam, yaxshi xotiralar saqlanib qoldi. Menga muxlislar “jamoaning miyasi” deb laqab qo'yishgandi. Undan keyin “Lokomotiv”ga keldim, buni o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Uch mavsum o'ynab, ikki bor chempionlikni qo'lga kiritdik va bir marta kumush medal oldik. Xullas, faoliyatimdan mamnunman.

- Hammaning tiliga tushgan “Bunyodkor”dan qanday xotiralar qolgan?
- Birinchi navbatda klubning o'sha paytdagi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirsa arziydi. “Bunyodkor” o'zbek futboliga yangilik, chempionatimizga intriga olib kirdi deya bemalol ayta olaman. Klub yuqori cho'qqiga ko'tarilish maqsadida Rivaldo, Ziko, Skolari kabi jahonga taniqli insonlarni olib keldi. SHundan so'ng ichki chempionatga bo'lgan qiziqish yanada ortdi.

Jamoa “Quruvchi” nomi ostida ham, “Bunyodkor” nomi bilan ham “Paxtakor”ga keskin raqobatni yuzaga keltira olgandi. Stadion liq to'lar, muxlislar o'yindan oldinoq ajiotajni yuzaga keltirishardi. O'shanda "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasida haqiqiy o'zbek El-klassikosi yuzaga kelgandi. Qolaversa, aynan “Bunyodkor” sabab muxlislarimiz Messi, Inesta, Ronaldu, Puyol, Fabregas kabi yulduzlarni Toshkentda ko'rishdi.

- O'zingiz aytib o'tgandek, chetda Janubiy Koreya, BAA va Qozog'istonda faoliyat olib borgansiz. Qaysi birini ko'proq eslab turasiz?
- Hammasini o'ziga yarasha eslayman, lekin eng yorqin faoliyatim Qozog'istonda kechgan. CHunki u erda ikki yarim yil to'p tepgan bo'lsam, Qozog'iston chempioni bo'ldim, "Eng yaxshi legioner" deb topildim. Hozirgacha qozog'istonlik ishqibozlar men bilan Feysbuk, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilib turishadi.

- BAAda ko'proq o'ynaganingizda futbolchi sifatida o'zingizni yo'qotib qo'yishingiz mumkinmidi?
- Agar o'zim borgan “SHarja”da ko'proq qolganimda yanada yaxshi o'ynab ketmasligim tayin edi. CHunki jamoada futbolga etibor yuqori emasdi, mashg'ulotlar ham nomiga o'tkazilardi. Balki boshqa klubga o'tganimda yanada yaxshiroq o'ynab ketishim mumkin edi. BAA chempionatining dastlabki ettita klubi haqiqatdan professional. Lekin qolganlar haqida bunday demagan bo'lardim. SHu bois o'z vaqtida jamoani tark etib, Qozog'istonga ko'chib o'tganman deya olaman.

- “Lokomotiv” faoliyatingizdagi oxirgi professional klub bo'lib qoldi. Keyinchalik bu jamoani qanday xotirlaysiz?
- Qaysi klub tarkibida faoliyat olib bormay hammasining yuragimda o'z joyi bor. CHunki har bir jamoada astoydil mehnat qilganman. Hech qachon bekor o'tirgan emasman. Qozog'istondagi faoliyatim yakuniga etgach, Vatanimizga qaytish niyatim bor edi va bu orada “Lokomotiv” menga taklif bilan chiqdi. Albatta, menda ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan klub safiga o'tish rejasi bor edi. O'ylab qarasam, O'zbekistonda qaysi jamoalarda o'ynagan bo'lsam, kamida uch yildan faoliyat olib borgan ekanman.

CHet eldagi faoliyatimni aytmayapman, O'zbekistonda hech qachon bitta jamoa safida yarim yil yo bir yil to'p surib keyin ketib qolgan emasman. Hozirgi aksar futbolchilar bir yil o'ynab keyinchalik boshqa jamoaga o'tib ketishadi. Lekin men bilan bunday bo'lmagan va buni ham futbolchi uchun muhim deb bilaman.

- Terma jamoa deganda qaysi o'yinlarni esga olib turasiz?
- Terma jamoa libosini kiyish men uchun doim sharaf bo'lgan. CHunki biz klub bilan har kuni mashg'ulot o'tkazsak, terma jamoa bir yilda nari borsa besh-olti marta yig'iladi va bunda doim o'z klubining kuchlilari taklif etiladi. Albatta, mamlakatning eng kuchli o'yinchilari bilan yonma-yon to'p tepish sharaf. Bu umuman boshqacha tuyg'ularni beradi. Men doim yuqori kayfiyatda termaga jamoaga kelganman. Yoqimli g'alabalar ham ko'p bo'lgan.

Masalan, 2005 yil o'z maydonimizda o'tkazilgan Quvaytga qarshi bahs juda qiziqarli kechgandi. Biz 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotib, 3:2 hisobida g'alaba qozonganmiz. Bundan tashqari, uyda Yaponiya bilan 1:1 o'ynaganimiz ham yodda qolgan. KXDRni mag'lub etganimiz, men bosh bilan gol urganim - bularni unutib bo'larkanmi.

MHSK stadionida Saudiya Arabistonini 3:0ga yutganimiz... 2011 yilgi Osiyo Kubogini ham alohida tilga olsa bo'ladi. Qatarda chiroyli musobaqa bo'lgandi. Faqat yarim finalda Avstraliyaga yirik hisobda yutqazib qo'yganimiz juda alam qilgan. Qolaversa, 2007 yilgi Osiyo chempionati ham biz uchun qiziq kechgan.

- Aytaylik, qo'lga kiritgan barcha sovrinlarni birgina jahon chempionatiga almashgan bo'larmidingiz?
- Yo'q, almashmasdim. Agar jahon chempionati Kubogi haqida gap borsa bu boshqa gap, lekin birgina mundialga chiqib o'ynab kelishga almashmagan bo'lardim. CHunki men nimaiki yutgan bo'lsam, bunga yigirma yillik faoliyatim davomida erishdim. Va buning uchun juda ko'p mehnat qildim. Nechta medalim va yutuqlarim bo'lsa, har biri uchun ter to'kkanman. Jahon chempionatiga chiqish eng yuqori orzularimdan biri endi va shunday bo'lib qoldi, vaqtida biz ham rosa harakat qilganmiz, afsus omad kelmagan.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.  

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика