Superliga 27-turining qolgan uchrashuvlari 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi
31 okt 2025 17:15
Yangiliklar
Superliga 27-turining qolgan uchrashuvlari 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Bu haqda PFL matbuot xizmati elon berdi.
"O'zbekiston Superligasi 27-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Nasaf" uchrashuvini Namangandagi "Markaziy" stadionida tomosha qilish uchun kelgan "ajdarlar"ning fidoyi muxlisi — Mahmud Muhammadievning uchrashuvdan qaytish yo'lida avtohalokatga uchrab, vafot etgani bizni chuqur qayg'uga soldi.
Liga yo'l transport hodisalari qurbonlarini kamaytirish masalasiga 2024 yilda etibor qaratib, o'tgan yilgi Superliga mavsumi ramziy jamoasini ularning xotirasiga bag'ishlagan edi.
O'z navbatida, Superliga 27-turining qolgan barcha uchrashuvlari ushbu muxlis xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlanishini malum qilamiz", – deyiladi PFL xabarida.
Avvalroq "Nasaf" muxlislari avtohalokatga uchragani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar