So’nggi yangiliklar

08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  0 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1

Timur Kapadze: "G'alabaga haqli edik deb o'ylayman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "G'alabaga haqli edik deb o'ylayman"

Teglar :  Timur Kapadze
Coca-Cola Superligasining 23-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Namanganda o'ynash oson emasligini bilamiz. "Navbahor"ni muxlislar qo'llab-quvvatlashadi. SHunga qaramay yigitlar o'zini yo'qotib qo'yishgani yo'q. Bugun yaxshi harakat qildik. Gol urdik, biroq o'yinning oxirgi qismida gol qo'yvordik. Biz g'alabaga haqli edik deb o'ylayman. Jarima bo'yicha ham savol bor, "jonli devor" ham 11 metrga surildi. Lekin mayli, muhimi yigitlar ko'plab muxlislar qarshisida tajriba to'plashdi.

- "Olimpik" yaxshi loyiha. SHu loyihani viloyatlarga berish mumkinmidi? Masalan, muxlislarga to'lib toshgan stadionda o'ynash baribir boshqacha bo'lardi...

- Albatta, biz bu loyihani tashkil etganda maqsadni ko'zlab harakat qilgandik. "Olimpik" loyihasi o'zini oqlayapti. O'tgan davr mobaynida yigitlar ancha o'sishga erishdi. Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida men uchun yaxshi. CHunki tayyor jamoa bor, bundan tashqari boshqa jamoalarda ham nomzod futbolchilar o'ynaydi. Hozir bizda raqobat juda kuchli. Balki kelgusida buni amalga oshirish mumkindir. Hozir barcha maqsadlarimiz olimpiadaga qaratilgan.

- To'g'ri aytdingiz, "Olimpik" yaxshi loyiha. Biz Parij olimpiadasi yo'lida jamoaga omad tilaymiz. Jamoa yigitlari o'sishga erishmoqda. Ammo, bugun bazi futbolchilar o'yin mobaynida ko'p etiroz qilishdi, tortishib ketishdi. Bu xolat jamoaning kelajagiga salbiy tasir ko'rsatmaydimi?

- Sizga shunday ko'ringan bo'lishi mumkin. Maydonda katta-kichik degan tushuncha yo'q. Raqibga hurmat saqlagan xolda fikrini bildirishga haqqi bor. Kamchiliklar bor bo'lsa, albatta biz murabbiylar futbolchilarga tushuntiramiz.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика