So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  3 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  8 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

Timur Kapadze: "Darvozamizda muammo ko'proq, kim yaxshiroq tayyor bo'lsa o'shani sinab ko'ramiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Darvozamizda muammo ko'proq, kim yaxshiroq tayyor bo'lsa o'shani sinab ko'ramiz"

"Olimpik" hamda "Metallurg" o'rtasidagi Superliganing 13-tur uchrashuvidan (1:2) so'ng mezbon jamoa ustozi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob berdi.

Timur Kapadze: "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bahs emociya va vaziyatlarga boy, muxlislarga yoqadigan bo'ldi. G'alabani qo'ldan chiqardik. 3 ochkoni saqlab qola olardik. Buning ustiga "Metallurg" 10 kishi bo'lib qoldi. Yigitlar bo'shashishdi. 1:2dan so'ng futbolchilarimiz vaziyatni o'nglashga harakat qilishdi. Bugungi uchrashuvda xatolar ko'p bo'ldi, ammo bu bahsda g'alaba qozonishimiz mumkin edi".

- Mashg'ulot fotolarida Javohir Sodiqovni ko'rdik. U "Olimpik"ga qanday qaytdi? Bizdagi malumotlarga ko'ra, u "Qizilqum" futbolchisi edi.

- O'yin qiziq emas shekilli. Yo'q, u ijarada o'ynayotgandi. "Qizilqum" uni ikkinchi davrada olib qolishni xohlamadi. Ayni damda u jamoamiz bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.

- O'tkazib yuborigan ikkala golda darvozabonning aybi bor.

- Ha, ayniqsa birinchi golda posbonimiz qutqarishi kerak edi. Zarba yaxshi bo'ldi, biroq to'pni qaytarish mumkin edi. Ikkinchi va hisobga olinmagan uchinchi gollarda ham xato bo'ldi. Bugun bazi sabablarga ko'ra, tarkibimizda yo'qotishlar bor edi. Kimdadir kartochkalar ko'payib ketgan, kimdadir jarohat. Terma jamoadan keyin tayyorgarlikka vaqt etishmadi.

- Kelasi bahsda darvozabonni almashtirish haqida o'ylayapsizmi yoki unga ishonasizmi?

- Men uchun yigitlarga iloji boricha ko'proq imkoniyat berish muhimroq. Xatolar bo'lsa, uning ustida ishlaymiz. Agar xatolar takrorlansa, demak rivojlanishda muammolar bor. Darvozamizda muammo ko'proq, kim yaxshiroq tayyor bo'lsa o'shani sinab ko'ramiz.

- Timur Kapadzeni hurmat qilaman, futbolchilarning yarmi do'stim, yarmi ukam. Umumiy mavsum haqida savol bermoqchiman, 12ta o'yinda 15 ochko siz uchun kam. "Olimpik"ga nima etishmayapti?

- Hali mavsum yakunlanayotgani yo'q. Kamchiliklar bor. Tarkibda o'zgarishlar bor. Ikki nafar himoyachimiz o'zgardi, yangi o'yinchilar sinovdan o'tyapti. Vaqt kerak. Izlanyapmiz, ishlayapmiz. Zaxira yanada kuchli bo'lganida bundanda yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lardik. Nafaqat o'yinda, balki mashg'ulotda ham munosib qarshilik bo'lishi lozim. Menimcha, o'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. Terma jamoaga bog'liq uzilishlar o'z tasirini ko'rsatmoqda.

- Abdurauf Bo'rievning bugungi uchrashuvda yo'qligi jamoa o'yiniga qanchalik tasir qildi?

- Albatta, katta yo'qotish bo'ldi. Abdurauf bizning eng asosiy futbolchilarimizdan biri hisoblanadi va bugungi uchrashuvda uning yo'qligi ancha katta yo'qotish.

- Jiyanovning jismoniy holati Rossiya chempionati darajasiga mosmi?

- Menimcha ha, uning yangi jamoasi mavsumga tayyorgarlikni endi boshlamoqda va ushbu jarayon davomida bosh murabbiy Yuran qaror qabul qiladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика