So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Timur Kapadze: "Bugun "Paxtakor" xatoga yo'l qo'ymadi, ayniqsa, Quvvatov" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bugun "Paxtakor" xatoga yo'l qo'ymadi, ayniqsa, Quvvatov"

O'zbekiston Kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Olimpik" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. "Paxtakor" mamlakatimizning eng kuchli klublaridan biri, menimcha, hozirda eng kuchlisi desak ham bo'ladi. Bahs kurashlarga boy, qiziq o'tdi. Stadionga kelgan muxlislar menimcha, zerikib qolishmadi. Bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, qaerdadir omadimiz kelmadi, qaerdadir raqib tajribasi asqatdi. G'alaba qozonganimizda yaxshi bo'lardi, "Paxtakor"ni yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman", - deydi Timur Kapadze.

- Menimcha, bugun Quvvatov faoliyatidagi eng zo'r seyvlarni namoyish etdi...

- To'g'ri, menimcha, Abdumannonov va Mamasidiqovning zarbalaridan keyingi seyvlarini ko'rdik. Quvvatov qanday darajada ekanligini bilamiz, terma jamoaga nomzod posbon. Futbol xatosiz gol bo'lmaydi, bugun raqib xato qilmadi, ayniqsa, Quvvatov.

- "Olimpik" mavsum davomida yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Agar futbolchilarga Superliga klublaridan taklif bo'lsa, ularni qo'yib yuborishga tayyormisiz?

- Eng birinchi vazifam, yigitlarni yaxshi darajaga olib chiqish va terma jamoaga munosib futbolchi bo'lishini taminlash. Agar yaxshi takliflar bo'lsa va o'sha klublarda futbolchilar rostdan ham o'sishiga ishonsak, albatta, ularga qarshilik qilmaymiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика