So’nggi yangiliklar

22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  3 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  4

Timur Kapadze: "Bu ketishda duranglar bo'yicha rekord qo'yamiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bu ketishda duranglar bo'yicha rekord qo'yamiz"

Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida 

- Biz bu ketishda duranglar bo'yicha rekord qo'yamiz. "Neftchi" yaxshi jamoa. Tartibli harakat qiladi, o'zining uslubi bor. Bunaqa 5 talik himoyani yorib o'tish osonmas. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi, raqibga deyarli imkon berishmadi. Tezkor gol o'tkazib yubordik, sababini o'rganib chiqamiz. O'yin haqida umumiy xulosam, bugun yana bitta gol urganimizda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Xursand qiladigan tomoni o'yinni nazorat qila oldik. Aniqlik bo'yicha ishlashda davom etamiz.

- Aniqlik bo'yicha muammo keyinchalik tajriba bilan kelishi mumkinmi?

- Ha, albatta, ko'rganingizdek, vaziyatlar yomonmas. Qaerdadir tajriba etishmayapti. Hammasi vaqti bilan keladi. Zich himoyaga qarshi tezroq o'ynash kerak, shu bo'yicha qaerdadir xato qilayapmiz. Fikrimcha, bugungi o'yinda ko'p vaziyat yaratdik. Ishlaymiz, qolganlari individual xolat.

- Jamoa futbolchilarida kayfiyat borasidagi muammo bordek tuyuldi. Klubda moliyaviy xolat qanday?

- Bu narsa bor, qanaqa tasirini berayapti, bilmayman. Tushuntirayapman, bu yoshdagi yigitlar pul uchun emas, maydonda ishtiyoq bilan harakat qilishi kerak. Mashg'ulotlarda ishlab o'zini ko'rsatishi lozim. Biz yanada kuchli bo'lishimiz kerak, shunda pul o'zi keladi. Yigitlar maydonda yaxshi harakat qilishayapti. Ikkinchi raqamli bo'lib o'ynaydigan jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Biz har bir o'yinda shu kabi xolatga duch kelayapmiz. Albatta, og'ir uchrashuvlar bizning o'sishimizga sabab bo'ladi. 

- Sizda asosiy darvozabon degan tushuncha yo'q ekan. O'yinlarga qaysi sabablar bilan darvozabonlar tanlanayapti?

- Men uchun barcha futbolchilar bir xil. Hammasiga imkon berayapmiz. Bugun o'ynamaganlarni ertasi kungi yoshlar ligasida tushirayapmiz. Vladimir ham, SHukron ham yaxshi saviyadagi darvozabonlar. Ikkisining ham o'ziga xos kuchli tomonlari bor. Men barcha futbolchilarni o'sishlari uchun jamoaga olib kelganman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика