So’nggi yangiliklar

16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  0 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  1 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   1 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  2 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  4 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  11 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  5 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  20 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  11 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  10 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   35 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  8

Timur Hakimov, qaerdasan ukam? Yangiliklar

Timur Hakimov, qaerdasan ukam?

Teglar :  Timur Hakimov
Bu futbolchini kecha to'satdan eslab qoldik.

Saytimiz o'quvchilari saytda faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni yaxshi bilishadi. Narzulla Saydullaev degan yigit bor. Statistikani suv qilib ichib yuborgan. Xotirasi o'tkir. Xullas suhbat OFK saytida chiqqan bitta xabardan boshlandi. OFK rasmiy sayti FIFA kunlarida tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida o'zini ko'rsatgan 5 nafar futbolchi haqida alohida xabar chop etdi. 

Bu futbolchilar - Almoz Ali (Qatar), Aver Mabil (Avstraliya), Majid Hossayni (Eron), Takumi Minamino (Yaponiya) va Salman Al Faraj (Saudiya Arabistoni). Almoz Ali Ekvador bilan kechgan bahsda ikkita gol urdi, Qatar terma jamoasi Toshkentga kelishdan oldin Ekvadorni 4:3 hisobida mag'lub etdi.  

Avstraliya Quvayt bilan o'ynab 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Milliy terma jamoada debyutini o'tkazgan 23 yoshli Aver Mabil bu o'yinda bitta gol urdi. Eronning Boliviyaga qarshi bahsida Majid Hossayni o'zini ko'rsatdi. Yaponiyalik Takumi Minamino esa Panama va Urugvay bilan kechgan o'yinlarda uchta gol urdi. Saudiya Arabistoni garchi Braziliyadan 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Salman Al Faraj o'zidan iliq taassurot qoldirdi. 

O'rtoqlik o'yinlarida bizdan Marat Bikmaev o'zini ko'rsatdi. U KXDR darvozasiga ikki bor hamda Qatar darvozasiga bir marta to'p kiritdi. Lekin OFK sayti bu hujumchini esga olmadi. Balki bu sayt xodimlarining etiborni ko'proq yoshlarga qaratgani tufaylidir. 

Xullas, Narzulla yaponiyalik Minamino mana shu ikkita o'yinda o'zini ko'rsatganini aytib qoldi. Bu futbolchi sentyabrda Kosta Rika darvozasiga bitta to'p kiritgandi. Oktyabrda esa Panamaga bitta va Urugvayga ikkita gol urdi. Yaponiya Kosta Rika bilan Panamani bir xil 3:0, Urugvayni esa 4:3 hisobida mag'lub etdi. Yaxshi bilasiz, Yaponiya terma jamoasi Osiyo Kubogida biz bilan bir guruhda joy olgan. 

Endi biroz tarixga qaytamiz. 2010 yil Toshkentda U-16 Osiyo chempionati bo'lib o'tgandi. Bu musobaqada Aleksey Evstafeev murabbiyligidagi 1994 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etgan. Biz o'shanda finalga qadar etib borib, KXDRga 0:2 hisobida yutqazib qo'ygandik. Mana shu musobaqada Yaponiya ham qatnashgan bo'lib, ular yarim finalda KXDR tomonidan to'xtatilgan. 

Qizig'i shundaki, o'sha musobaqada ikki futbolchi 5tadan gol urib o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati to'purari bo'lishgandi. Bu futbolchilarning biri hammamiz yaxshi biladigan Timur Hakimov, ikkinchisi aynan yaponiyalik Takumi Minamino ekan. Timur Hakimov hatto musobaqaning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgandi. Keyinchalik Hakimovni, shuningdek Abbos Maxsitalievni Meksikada porlaganini yaxshi eslaysiz. 

Mana endi oradan qariyb 8 yil o'tdi. Hozir Hakimov qaerda-yu, Minamino qaerda. Yapon hujumchisi o'sha musobaqadan keyin faoliyatini "Serezo Osaka"da davom ettirib, 2015 yil Evropaga yo'l oldi. U Avstriyaning "Red Bul Zalcburg" klubi bilan shartnoma tuzdi. Minamino "Zalcburg" safida shu paytgacha 94ta o'yinda maydonga tushib, 31ta gol uribdi. Mana endi terma jamoada ham o'ynayapti. 

Lekin Timur Hakimov-chi? U hozir qaerda? Bundan uch yilcha oldin uni "Oqtepa" tarkibida ko'rgandim. Orada "Obod", "Andijon" va "Neftchi" safida qisqa muddat o'ynadi. Keyin shu yil boshida Pro liga jamoasi "Nurafshon" mashg'ulotlarida ko'zim tushgandek bo'ldi. Ammo hozir qaerda, futbol o'ynayaptimi, gol uryaptimi, buni bilmayman. Ko'ryapsizmi, vaqt o'tib yosh yulduzlarni qanchalik yo'qotib qo'yamiz. Yaponlar esa yulduzchalarni qanday saqlab qolishni biladi va ular kelajakda hatto milliy terma jamoa darajasiga chiqib kerak paytda Urugvayga gol urishadi.

Reyting: +118   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика