Timur Hakimov: "Gol urganimdan xursandman"
05 sen 2015 14:09
Yangiliklar
Timur Hakimov: "Gol urganimdan xursandman"
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyada yig'in o'tkazmoqda.
Dilshod Nuraliev boshchiligidagi jamoamiz bugunga qadar 3ta o'yin o'tkazdi. BAA olimpiyachilariga qarshi kechgan ikkinchi bahsda jamoamizning golini urgan Timur Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.
"BAAga qarshi ikkinchi o'yin qiyin bo'ldi. Uchrashuvda ikkala jamoa futbolchilari ham ko'p mehnat qilishdi, yakkakurashlar ko'p bo'ldi. Raqibni qarshi hujumdan so'ng jazolay oldik. Gol urganimdan xursandman. Keyingi o'yinlarda ham yaxshi o'ynashga urinamiz. Bu yig'inning asosiy maqsadi Qatarda o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish", - deydi Timur Hakimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar