Tilemans uchun kurash qishda avjiga chiqadi
15 noy 2022 13:49
Yangiliklar
Tilemans uchun kurash qishda avjiga chiqadi
"Lester" azosi Yuri Tilemans yanvar oyida jamoasini almashtirishga yaqin turibdi.
Angliyaning "Arsenal" va Ispaniyaning "Barselona" klublari qiziqishlari tufayli Tilemans atrofidagi kurash ancha qiziqarli bo'lishi kutilmoqda.
25 yoshli yarim himoyachi yangi yilning birinchi oyida "King Pauer"dagi shartnomasining so'nggi olti oyligiga kiradi. Bu Premer-liga tashqarisidagi klublarga u bilan rasmiy shartnomadan avvalgi kelishuvga erishish imkonini beradi.
Belgiyalik futbolchi ushbu mavsum ingliz klubi safida jami 17 ta o'yinda ishtirok etdi va 4 bor samaradorlik ("3+1") ko'rsatdi.
Avvalroq "Arsenal" Tilemans bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida malum qilgan edi. Biroq ispan nashri ushbu bitimning amalga oshishiga Kataloniya klubi to'sqinlik qilishi mumkinligiga ishonmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
ЕЧЛ ўтиш учрашувларига қуръа ташланди: "Реал" яна Моуриньюнинг "Бенфика"си билан ўйнайди!
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar