So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  25 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

"The Best FIFA Football Awards-2016": Barcha g'oliblar bitta sahifada Yangiliklar

"The Best FIFA Football Awards-2016": Barcha g'oliblar bitta sahifada

Tunda SHveycariyaning Cyurix shahrida "The Best FIFA Football Awards" marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbir davomida 2016 yilning eng yaxshilari nomi elon qilindi. Quyida barcha g'oliblar bilan tanishing:

YIL RAMZIY TERMA JAMOASI

FIFA 2016 yilning ramziy terma jamoasidan “Real” klubining 5, “Barselona”ning 4, “Bavariya” va “Yuventus” jamoalarining bir nafardan futbolchilari joy olishdi.

FIFAning ramziy terma jamoasi:

Manuel Noyer (“Bavariya”), Dani Alves (“Yuventus”), Xerard Pike (“Barselona”), Serxio Ramos, Marselo, Luka Modrich, Toni Kroos (hammasi “Real”), Andres Inesta, Lionel Messi, Luis Suares (hammasi “Barselona”), Krishtianu Ronaldu (“Real”).



QOYILMAQOM FAOLIYATI UCHUN

Braziliyalik mashhur futzalchi Falkao 2016 yil o'yinchilik faoliyatiga yakun yasashga qaror qildi. FIFA ushbu afsonaviy futzalchini maxsus sovrin bilan taqdirladi. Sovrinni Falkaoga ukrainalik sobiq futbolchi Andrey SHevchenko taqdim etdi.



ENG YAXSHI MUXLISLAR
FIFA o'tgan yilning eng yaxshi muxlislari deb "Borussiya D" - "Liverpul" uchrashuvidagi muxlislarni tan oldi. Ushbu jamoa muxlislari Evropa ligasi doirasidagi o'zaro o'yinda "you'll never walk alone" qo'shig'ini birgalikda kuylashdi.



FAIR PLAY sovrini
Kolumbiyaning Atletiko Nasonal klubi FIFAdan Fair Play sovrinini qabul qilib oldi.

Medelin shahri klubi Janubiy Amerika kubogi finalida SHapekoensega qarshi maydonga tushishi kerak edi.

Biroq 29 noyabr kuni SHapekoense klubi o'tirgan samolyot Kolumbiyaga parvoz vaqtida halokatga uchradi. Raqib manzilga etib kela olmaganiga qaramay Atletiko Nasonal musobaqada aynan SHapekoense g'olib deb elon qilinishi borasida taklif bilan chiqdi. Yakunda aynan shunday bo'ldi.



ENG CHIROYLI GOL


FIFA 2016 yilning eng chiroyli goli sohibiga ananaviy tarzda berib boriladigan "Ferenc Pushkash" sovrinini taqdim etdi.

2016 yilning eng chiroyli goliga Malayziyaning "Penang" jamoasi futbolchisi Moxd Faiz Subri mualliflik qildi. Aynan malayziyalik ushbu futbolchining jarima zarbasidan kiritgan to'pi o'tgan yilning eng chiroyli goli deb topildi.

Moxd Faiz Subriga "Pushkash" sovrinini afsonaviy hujumchi Ronaldo topshirdi. Golni tomosha qiling: VIDEO



ENG YAXSHI MURABBIY (ayollar) - SILVIYA NAYD (Germaniya terma jamoasi)

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Silviya Nayd esa 2016 yilning eng yaxshi ayol murabbiyi deb topildi. Nayd 2010 va 2013 yillarda ham yil murabbiyi bo'lgandi.



ENG YAXSHI MURABBIY (erkaklar) - KLAUDIO RANERI ("Lester", Angliya)

Angliyaning “Lester” klubi ustozi Klaudio Raneri FIFA versiyasi bo'yicha 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi etib topildi.

“Lester”ni Angliya chempionligiga olib kelgan italiyalik mutaxassis ushbu so'rovda “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamda Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santushni ortda qoldirdi.



ENG YAXSHI FUTBOLCHI (ayollar) - KARLI LLOYD

2016 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nominaciyasida amerikalik Karli Lloyd g'olib deb topildi. Lloyd so'rovnomada germaniyalik Melani Beringer hamda braziliyalik Martani ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.

Sovrinni nominaciya g'olibasiga argentinalik mashhur futbolchi Gabriel Batistuta topshirdi. Lloyd ketma-ket ikkinchi marotaba FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etildi.



ENG YAXSHI FUTBOLCHI (erkaklar) - KRISHTIANU RONALDU ("Real Madrid", Ispaniya)

2016 yilning eng yaxshi erkak futbolchisi nominaciyasida kutilganidek Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu g'olib deb topildi.

Portugaliya terma jamoasi etakchisiga sovrinni FIFA prezidenti Janni Infantino tantanali ravishda topshirdi.

FIFA tashkiloti tomonidan ilk bor tasis etilgan “The Best” sovrini yo'lida Ronalduga Lionel Messi (“Barselona”) va Antuan Grizmann (“Atletiko”) raqiblik qilishdi. Bu ikki futbolchi so'rovda kuchli uchlikdan joy olishdi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика