Tez kunda! Nigora va "Avtograf" loyihasi, "SA"da...
27 iyu 2016 17:31
Yangiliklar
Tez kunda! Nigora va "Avtograf" loyihasi, "SA"da...
Unga ko'ra, "CA"ning ijodiy jamoasi bolalar uchun sovg'a sifatida, o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan futbolchilardan birontasi bilan mashg'ulotga tashrif buyuradilar.
Futbolchi yosh bolajonlarga o'zining surati tushirilgan esdalikka "avtograf" qo'yib tarqatadi. Orada, homiylarimiz "Doda" muzqaymog'i va "Zizi" saqichlarining sovg'alari topshiriladi. Loyihamizning ilk mehmoni Timur Kapadze bo'ldi. Biz futbolchi bilan, "Lokomotiv" jamoasining 5-6 yoshli o'smirlari ishtirokidagi mashg'ulotlariga tashrif buyurdik. Boshlovchi, Nigoraxon Abidova!
CHiroyli o'tgan tadbir davomida, Kapadze yosh futbolchilar bilan maydonda to'p tepdi. Bolajonlarni quvonchini ko'rsangiz edi...
Demak, tez kunda! Barchasi 10 daqiqa ichida!
Hozircha, suratlarni tomosha qilib turing! Bolajonlarga bir qarang...
"Avtograf" loyihasining keyingi soni, Sizning viloyatingizda, Sizning jajji farzandlaringiz ishtirokida suratga olinadi!
Fikrlar