Teves Jahon CHempionatida ishtirok etishdan umid qilmayapti
17 dek 2013 15:41
Yangiliklar

Teves Jahon CHempionatida ishtirok etishdan umid qilmayapti
"Yuventus" hujumchisi Karlos Teves Argentina terma jamoasining JCH-2014da qanday ishtirok etishi borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
Futbolchining o'zi termaga chaqirilishiga ishonmayapti.
"Argentina terma jamoasining Jahon CHempionatiga boradigan tarkibidan o'rin olaman, deb o'ylamayman. Ammo ayni hozirgi pallada bu narsa meni hafa ham qilmaydi. Men hozir "Yuventus"ga foydam tegishi uchun o'ynayapman. Hali oldimizda mavsumning yarmi turibdi", deya Teves so'zlaridan Tuttosport iqtibos keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Teves terma jamoa safida so'nggi marta 2011 yil yozida o'ynagan.

Fikrlar