Terri Anri Portugaliya yoki Belgiyani boshqarish imkoniyatlarini rad etmaydi
21 jan 2023 21:15
Yangiliklar
Terri Anri Portugaliya yoki Belgiyani boshqarish imkoniyatlarini rad etmaydi
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Terri Anri Belgiya terma jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi. SHuningdek, terma sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines bilan Portugaliyada hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
"Kelajagim haqida so'rashganda kamtarlikni saqlashim kerak. Hozir Belgiya terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi bo'lib ishlayman. Kelajak haqida gapiradigan bo'lsak, uni qanday bo'lishini kim ham bilardi. Balki bir kun kelib menga qiziqarli taklif kelib tushar...
Portugaliyada Roberto Martines bilan birga ishlash? Agar men u bilan yana birga ishlash imkoniga ega bo'lsam, bu masalani, albatta, ko'rib chiqaman. Bunga to'g'ridan to'g'ri javob berish kerak bo'lsa, ha, men buni xohlayman", – dedi Terri Anri.
Anri bosh murabbiy sifatida Kanadaning "Monreal" va "Monako" jamoalarida ishlagan.
Fikrlar