Termizdagi o'yinda darvozaning ortiga hakamlar qo'yiladi
25 noy 2021 14:54
Yangiliklar
Termizdagi o'yinda darvozaning ortiga hakamlar qo'yiladi
26-tur uchrashuvlarida ishlaydigan rasmiylar elon qilindi. Etiborimizni "Surxon" va "Mashal" jamoalari o'rtasidagi o'yinga tayinlangan hakamlar tortdi.
SURXON – MASH'AL
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Husan Muzaffarov
Darvoza ortidagi hakamlar: Rahimbek Karimov, Ahrol Risqullaev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Jamshid Imamov
Gap shundaki, mazkur bahsga darvozalarning ortida ishlaydigan 2 nafar referi ham safarbar qilingan. Bu holatga hakamlar departamenti raisining aniqlik kiritishini so'radik.
"Bilasiz, texnik sabablar tufayli Termizdagi o'yinlarda VARdan foydalanishning imkoni yo'q. Biroq, yakuniy turda musobaqadagi o'rnini kafolatlash uchun harakat qilayotgan 2 klub to'qnash kelyapti. Ushbu o'yinda mag'lub bo'lgan jamoa ko'p ehtimol bilan Superligani 12-o'rinda tugatib, pley-offda o'ynashga majbur bo'ladi. SHu tufayli bu uchrashuv natijasiga tasir qiladigan xatolarga yo'l qo'yishga haqqimiz yo'q. Darvoza ortiga qo'yilgan referilar orqali bosh hakamga maydondagi vaziyatni kengroq nazorat qilish imkoniyatini yaratdik", deydi Erkin Baxtiyorov.
Fikrlar