So’nggi yangiliklar

12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  10 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1

Termizdagi o'yin nazoratchisi janjal qaerdan kelib chiqqanini malum qildi Yangiliklar

Termizdagi o'yin nazoratchisi janjal qaerdan kelib chiqqanini malum qildi

Kecha Termiz shahrida bo'lib o'tgan birinchi liganing "Surxon" - "Andijon" o'yinida 8 nafar futbolchi maydondan chetlatildi.

Qizig'i, hamma qizil kartochkalar 90+4-daqiqada ko'rsatildi. Bosh hakam har ikki jamoaning to'rttadan o'yinchisini maydondan chetlatdi.

Mana shu bahsda shahrisabzlik taniqli nazoratchi SHamil aka Jumaev hakamlar nazoratchisi sifatida ishladi. Biz SHamil aka bilan bog'lanib o'yinda yuz bergan voqeani o'rganishga harakat qildik.

- Assalomu Alaykum, SHamil aka yaxshimisiz?
- Rahmat, Xudoga shukur yaxshiman.

- SHamil aka, kecha bo'lib o'tgan birinchi liganing "Surxon" - "Andijon" bahsida siz hakamlar nazoratchisi bo'lib ishladingiz. Bu o'yinda nima voqea yuz berdi?

- Ikkita jamoa futbolchilari o'yin oxirlarida to'rttadan qizil kartochka olishdi. Bu haqda uchrashuv protokolida ham ko'rsatilgan.

- Nima bo'ldi o'zi janjalmi?

- Ha, futbolchilar o'zlarini boshqara olishmay qolishdi. Ikkala jamoaga ham g'alaba zarur edi. Natijada janjal kelib chiqdi.


- Janjalni kim boshladi?
- Janjalni andijonlik futbolchi boshladi.

- 90-daqiqada "Andijon" futbolchisi gol urgach, hisob 2:2 ko'rinish oldi. Hammasi shundan keyin boshlandimi?

- Yo'q, goldan keyin emas. Goldan so'ng o'yin yana davom ettirildi. Hakam to'xtalishlar uchun olti daqiqa qo'shdi. Maydon markazidagi qo'pollikdan so'ng janjal boshlanib ketdi. Bu paytda 90+4-daqiqa o'tib borayotgandi.

- Demak, o'yin tugashiga ikki daqiqa qolganida yuz bergan. Undan keyin o'yin to'xtatildimi?

- Qizil kartochkalar berilganidan keyin ham uchrashuv ikki daqiqa davom ettirildi. Bahs yakuniga etgach, futbolchilar bir-birlarining qo'lini siqib qo'yishdi. Hech kim ortiqcha ish qilmadi.

Xayrulla Xoliqov yozib oldi.

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика