So’nggi yangiliklar

16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  1 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  4 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  0 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  6 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  2 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  4 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1 13:18"Барселона"нинг ўтган мавсумдаги молиявий йўқотиш ва фойдалари маълум бўлди  5 12:50Аргентина футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Биз турнирда нафақат ўзимиз, балки Жаҳон чемпионатида тўп тепишни орзу қиладиган барча болакай, ҳаваскор ва маҳаллий футзалчи учун ўйнаймиз"  2 12:31ОЧЛ Элитда 2-тур тугади. "Пахтакор"нинг Эрондаги ўйини ҳақида  4 12:08Бразилия футзал терма жамоаси аъзоси Марсель: "Украинага қарши баҳсда Хорватия билан бўлгани каби жисмоний куч муҳим аҳамият касб этади"  0 11:48Украина ҳамда Бразилия терма жамоаси устозлари ярим финал олдидан қандай фикрда?  1

Termadagi transferlar Yangiliklar

Termadagi transferlar

Teglar :  Boyan Krkich
Qachonlardir Boyan Krkich Messidan keyingi o'ringa qo'yilardi.

Barselona uni avayladi, Ispaniya esa - erkaladi. Hozirda ushbu futbolchi Stok Siti sharafini himoya qilish barobarida, o'z yurti - Serbiya termasidan taklif kutmoqda. Ammo bugun ushbu tezkor hujumchi haqida emas, balki milliy jamoalar darajasida amalga oshirilgan transferlar xususida so'z yuritamiz.

Ashkan Dejaga

Volfsburg va Fulxemdagi o'yinlari orqali dovrug' qozongan vinger Eronda tug'ilgan. Ammo bolaligidanoq notinch SHarqni sokin g'arbga almashtirdi - uning oilasi Germaniyadan qo'nim topdi. Dejaganing futbolchilik faoliyati aynan olmon o'lkasida boshlandi. Ashkan ilk bor o'zini Berlinning Gertasida namoyon etdi: poytaxt jamoasi tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi. Mavridi kelganda aytish joizki, bunga qadar u Germaniya termasidan chaqiruv olishga erishgandi. Eron? Ushbu yurt federaciyasining taklifiga hech qachon jiddiy qaramaganman, - degandi Dejaga qachonlardir. Albatta, 16 yoshli o'spirin jahonning eng kuchli milliy jamoasi safiga qo'shilishi qiziqroq edi. Aynan shu sabab ortiqcha gapirib qo'ygandi, vaholanki, yakunda bundestimda o'ynashga qarshi ekanligini ham bildirgan: Axir ular yarim eronlik ekanimni bilishadi-ku. Bu so'zlari esa Germaniya hukumati azolarining hamiyatiga tegdi chog'i, partiyalardan biri Dejagani bundestimda o'ynash huquqidan mahrum qildi.

SHunga qaramay, Ashkan baribir, nemis termasi libosida maydonga tushdi va Eron milliy jamoasi tarkibiga qo'shilish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Ammo qog'ozga boshqa narsa yozildi-yu, amalda boshqa narsa qo'llandi - Dejaga 2012 yildan buyon ajdodlari tug'ilib- o'sgan yurt termasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Hattoki, bu jamoa bilan Braziliyada o'tgan jahon chempionatida qatnashishga ham ulgurdi.

 

Diego Kosta


Jahon forvardlari orasida o'zining jizzakiligi va mojarolarga o'chligi bilan ajralib turuvchi Kosta faoliyatini qadrdon yurti Braziliyada, Barselona Esportivo klubida boshlagan. So'ngra Portugaliyaga borib, Braga safiga qo'shildi. Pireneyda uch yil to'p surgach, Ispaniyaga - Real Valyadolidga ko'chib o'tdi. Atletiko uni aynan shu klubdan sotib olgan. Kosta matraschilar tarkibida mashhurlikka erishdi, Braziliya termasidan chaqiruv oldi. Ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgach, kutilmaganda barchasiga Ispaniyada erishganini takidlab, qizil furiya sharafini himoya qilmoqchi ekanini bildirdi.

Forvard FIFAga tegishli tartibda xat yo'lladi, oxir-oqibat Visente del Boske tarkibiga jalb etildi va taqdir taqozosi bilan Braziliyada o'tkazilgan jahon chempionatiga yo'l oldi. To'g'ri, Kosta butun Ispaniya termasi singari Janubiy Amerikada muvaffaqiyat qozonolmadi. SHunga qaramay, ushbu hujumchining milliy jamoani almashtirish qarorini uning og'ir fel-atvori bilan izohlasak, noto'g'ri bo'lmasa kerak. Axir braziliyaliklar termasida o'tkazilgan ikkita o'rtoqlik o'yini Diegoga Ispaniya yaqinroq ekani ekanini anglatmagandir?! Hozirda Kosta Londonning CHelsi klubi safida barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Biroq Ispaniya qirolligi hozircha uni o'z termasiga munosib ko'rmayapti.

 

Tiago Motta


Hozirda PSJ libosida to'p surayotgan tayanch yarim himoyachisi kuchli klublarda faoliyat yuritishga ulgurgan. Barselona, Atletiko, Inter... qaerda o'ynashidan qatiy nazar, etakchiga aylangan, raqib hujumlarini buzishda unga etadigan bo'lmagan. SHunday ekan, 21 yoshida Braziliya termasi safiga jalb etilib, KONKAKAF oltin kubogi musobaqasida qatnashganini oddiy qabul qilish o'rinli. Keyingi sakkiz yil mobaynida Tiago terma jamoalarda ko'rinish bermadi, 2011 yilda esa Skuadra Adzurra sharafini himoya qilishni maqul ko'rdi. FIFA uning iltimosnomasiga ijobiy javob qaytargach, Motta bir yildan so'ng Evropa chempionati kumush medallariga sazovor bo'ldi.

Tiagoning bunday qaror qabul qilishiga nima sabab bo'ldi? Yoshlik chog'idayoq Braziliya termasidan chaqiruv olganiga qaramay, keyinchalik pentakampionlar tarkibini kuchaytirishga nomzodlar ro'yxatida unga joy ajratilmagandi. Motta hattoki, muayyan turnir oldidan elon qilinadigan kengaytirilgan tarkibdan ham o'rin ola bilmadi. SHu tariqa, ajdodlarining Italiyada istiqomat qilgani va Apennin fuqaroligiga ega ekanini inobatga olib, terma jamoa safida o'ynash istagini bildirdi. Moviy gvardiya unga shunday imkoniyatni yaratib berdi va Tiago bundan unumli foydalanib qoldi.

 

Sofyan Feguli


Jazoir termasining mashhur o'yinchilaridan biri Franciyada tug'ilib-o'sgan. Professional futbolga aynan faranglar o'lkasida kirib kelgan Feguli 17 yoshidayoq Grenobldagi muhim shaxslardan biriga aylandi. 2010 yili texnik jihatdan etuk vingerning harakatlari Valensiya etiboriga tushdi va Sofyan yuksak darajadagi futbolchilar - David Silva, David Vilya va Xuan Mata bilan birga to'p surish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Asta-sekin ko'rshapalaklar tarkibidagi muhim rollardan birini o'z zimmasiga ola boshladi. O'z navbatida, milliy jamoa sifatida Jazoirni tanladi.

Bunga qadar Sofyan Franciya yoshlar termasi safiga jalb etildi, Evro-2008 saralashidagi kengaytirilgan tarkibdan joy oldi. Jazoirda Feguli etakchi hisoblanadi, muxlis-u mutaxassislar milliy jamoa o'yini aynan uning ishtirokida boshlanishiga ko'nikib qolishgan. Umuman olganda, Franciya termasidagi raqobatni engishda muammolarga duch kelishi ehtimoldan xoli emasdi. Vest Xemning yangi o'yinchisi qora qita vakilini aynan shu omil tufayli tanlagan bo'lsa, ajabmas.

 

Boyan-chi?


2006 yili ushbu futbolchiga ikkinchi Messi sifatida qaray boshlashdi - Krkich o'zining yuksak iqtidori evaziga Ispaniya jamoatchiligida yorqin taassurot qoldirgandi. O'zining debyut mavsumida tez-tez raqib darvozalarini ishg'ol qilishi Ispaniya termasidan chaqiruv olish yaqin ekanligini anglatayotgandek edi. JCH-2010 saralashida qizil Furiya sharafini himoya qilgach, Boyanning Evropa chempionlari tarkibida porlashi kutilgandi. Biroq keyinchalik OAVlar etiboridan chetda qoldi. Messi sayyoramizning eng yaxshi ikki futbolchisidan biriga aylandi, Boyan esa o'z omadini Italiya, Gollandiya va Angliyadan izladi.

Hozirda u kulollar tarkibida gollar urmoqda, lekin Krkichning kelajagi yanada yorqinroq tasavvur qilingandi. Ispaniya termasidan chaqiruv olmaganiga ancha bo'lganini payqagan futbolchi otasi Serbiya milliy jamoasida o'ynaganini esladi va aynan shu mamlakat sharafini himoya qilishga bel bog'ladi. Boyan umidini uzdimi yoki undagi vatanparvarlik hissi jo'sh urdimi, bunisi noaniq. Nima bo'lgan taqdirda ham, FIFA futbolchining iltimosiga rad javobini berdi - Dejagaga kulgan omad unga qiyo ham boqmadi. Aftidan, Krkich Ispaniya termasida o'ynashga shoshilgandek. Uni Lionel Messiga qiyoslashlari tufayli o'z kuchiga yuqori baho bergan ko'rinadi, yulduzlik kasaliga chalinib, tezda so'ndi. Vaholanki, yuksak iqtidor sohibi edi, hozir ham shundaydir, balki.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика