So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  0 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Boyan Miladinovich: "Al Vasl"da kuchli murabbiy ishlamoqda, lekin "Paxtakor"ga ishonaman" Yangiliklar

Boyan Miladinovich: "Al Vasl"da kuchli murabbiy ishlamoqda, lekin "Paxtakor"ga ishonaman"

Bugun Elit Osiyo chempionlar ligasi 1-turi doirasida "Paxtakor" - "Al Vasl" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsdan avval 2009-2014 yillarda "Paxtakor" sharafini himoya qilgan himoyachi Boyan Miladinovichning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugun "Paxtakor" yangi tashkil etilgan Elit Osiyo chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvini o'tkazadi. Uzoq yillar davomida o'zim to'p tepgan jamoaga bugungi bahsda g'alaba tilayman. Og'ir o'yin bo'ladi, sababi "Al Vasl"da serbiyalik murabbiy ishlamoqda. Milosh Miloevich 2 yil oldin "Crvena Zvezda" bilan Serbiya chempioni bo'lgan va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan va "Al Vasl"ga o'tib ketgandi. To'g'risini aytsam, o'shanda BAAga ketib qolganidan xayron qolgandim. Menimcha yaxshi taklif bo'lgani uchun shunday qilgan. O'tgan mavsumda Milosh "Al Vasl"ni BAA chempioni qila oldi va bundan tashqari klub BAA Prezidenti kubogini ham qo'lga kiritdi. "Al Vasl" adashmasam 20 yil oldin (2007 yil - tahririyat) mamlakat chempioni bo'lgandi. SHu sabab "Paxtakor"ni oson bo'lmagan bahs kutib turibdi. Jamoa tarkibida kuchli legionerlar bor. Masalan, yarim himoyachi Srdjan Miyailovich yaqindagina Serbiya milliy terma jamoasi safida Evropa chempionatida ishtirok etdi. SHunga qaramay "Paxtakor" bugun yaxshi o'yin namoyish etishi va ochkolar olishiga umid qilaman.

Elit Osiyo chempionlar ligasi G'arb mintaqasida juda kuchli legionerlar bor. "Paxtakor"da esa legionerlardan Dragan CHeran bor. U 37 yoshda va CHeran maydonga tushmagan paytda "Paxtakor" juda qiynalib gol urmoqda. Barchasi CHeran orqali bo'lmoqda, u maydonda bo'lmasa "Paxtakor" butunlay boshqa jamoaga aylanmoqda. "Paxtakor" 1/8 finalga chiqishiga muxlislik qilaman", - dedi Boyan Miladinovich.



Pakhtakor Tashkent

AFC Champions League Elite West . 1-tur

17/09/2024, 20:00

1
:
0
Tugadi

Al-Wasl

Soufian Bouftiny - 64'

45'
90'
11'  Dragan Ceran
72'  Dostonbek Khamdamov (Umar Adkhamzoda)
72'  Sardor Sabirkhodjaev (Ibrokhim Ibrokhimov)
83'  Ibrokhim Ibrokhimov
85'  Doniyor Abdumannopov (Mukhammadali Usmonov)
90'  Mukhammadali Usmonov
57'  Caio
64'  Soufian Bouftiny
64'  Nicolas Gimenez
70'  Caio (Haris Seferovic)
81'  Takashi Uchino (Salem Juma Awad)
81'  Ali Saleh (Ali Salmeen)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика