So’nggi yangiliklar

19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  0 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  18 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  3 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  2 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  15 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1

"Terma jamoa gvardiyachilari" #2. Server Jeparov Yangiliklar

"Terma jamoa gvardiyachilari" #2. Server Jeparov

O'tgan hafta "CA"da yangi loyiha ishga tushgandi.
“Terma jamoa gvardiyachilari” nomli loyihada O'zbekiston terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilarning statistik ko'rsatkichlari bilan tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.

O'tgan juma o'quvchilarimizga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan Temur Kapadze haqida malumot bergandik. Bugun navbat o'yinlar soni bo'yicha ikkinchi o'rindagi Server Jeparovga.

Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva CHunma” klubida faoliyat olib borayotgan Server Jeparov bugunga qadar milliy terma jamoa libosini 99 marta kiygan. Navbatdagi o'yin futbolchi uchun yubiley uchrashuv bo'ladi.

Jeparov 99 ta o'yinning 67tasida to'liq o'ynagan. 23ta o'yinni asosiy tarkibda boshlagan hamda bahs davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. 9ta uchrashuvda esa Server zaxiradan maydonga tushirilgan. Jeparov milliy terma jamoa safida jami 7690 daqiqa harakat qilgan.



Ilk o'yini va goli

Kapadze terma jamoadagi debyutini 2002 yilning 14 may kunida Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. Uni ham Kapadze singari terma jamoaga bosh murabbiy Ravshan Haydarov jalb qilgan. O'sha kuni qarhamonimiz o'yinni asosiy tarkibda boshlagan va ikkinchi bo'lim boshida Aleksey Nikolaevga o'z o'rnini bo'shatib bergan. Slovakiya o'sha o'yinda yirik 4:1 hisobida g'alaba qozongan.

Jeparovning terma jamoamiz safidagi dastlabki to'liq uchrashuvini 2003 yilda Latviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida nishonlagan. O'zbekiston terma jamoasi Latviyani safarda yirik hisobda dog'da qoldirgan – 3:0. Aynan mana shu o'yinda yarim himoyachi termadagi o'zining dastlabki sariq kartochkasini oldi. Uning ilk goli esa 2003 yil Dubayda BAAga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida urilgan. 11 oktyabr kuni bo'lib o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan. Jeparovning 85-daqiqada urgan goli o'sha o'yindagi so'nggisi bo'lgan.



Ishtirok etgan musobaqalari

Qahramonimiz Osiyo kubogi-2004, Osiyo kubogi-2007 va Osiyo kubogi-2011 saralashlari va final bosqichlarida ishtirok etgan. Yaqinda jamoamiz Osiyo kubogi-2015 yo'llanmasi ham qo'lga kiritganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari JCH-2006, JCH-2010 va JCH-2014 saralashlarida maydonga tushgan. 2004 yili Xitoyda o'tgan Osiyo kubogida Jeparov terma jamoamizning barcha 4ta o'yinidan 3tasida maydonga tushgan. O'sha musobaqada termamiz chorak finalda Bahraynga alamli tarzda penaltilar seriyasida yutqazgan. To'rtta davlatda tashkil etilgan Osiyo kubogi-2007da ham terma jamoamiz chorak finalda to'xtagan. O'sha musobaqada qahramonimiz jamoamizning barcha beshta uchrashuvini to'liq o'tkazgan. 2011 yil Qatarda bo'lib o'tgan qita birinchiligida terma jamoamiz birinchi bor yarim finalga qadar etib bora olgandi. Server Jeparov o'sha musobaqada terma jamoamiz safida barcha o'yinlarda maydonga tushgan. Faqat Xitoyga qarshi o'yinda 84-daqiqada almashtirilgan. Bu chempionatda yarim himoyachimiz Qatar va Quvayt terma jamoalariga qarshi o'yinlarda gol urgan, Xitoy va Iordaniyaga qarshi uchrashuvlarda esa o'z hisobiga golli pas yozib qo'ygandi.


Raqib terma jamoalar

Futbolchi 31ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p raqiblik qilgan jamoalar bu Bahrayn va Iordaniya hisoblanadi. Biz uchun o'ta noqulay raqib bo'lgan jamoalarga qarshi Jeparov 7 martadan maydonga tushgan. Keyingi o'rinda Qatar terma jamoasi turibdi – 6ta o'yin.



Gollari

99 ta o'yinda raqiblar darvozasiga 21 ta gol urgan. JCH-2010 saralashi doirasidagi Singapurga qarshi safarda bo'lib o'tgan bahsda Server terma jamoa safidagi hozircha yagona  bo'lib turgan dublini nishonlagandi.

Terma jamoamiz sardori 14ta davlat darvozalariga to'p kiritgan: Iordaniya, BAA, Quvayt, Livan, Bangladesh, Falastin, Singapur (ikki martadan), Qatar, Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Qirg'iziston, Yaponiya, Malayziya.

Jeparov terma safida bir qator muhim o'yinlarda muhim gollarni urishga muvaffaq bo'lgan. JCH-2006 saralashi ikkinchi bosqichi doirasidagi Toshkentda Quvaytga qarshi kechgan dramatik o'yinda jamoamiz 0:2 hisobida ortda borayotgandi. Biz pley-offga chiqishimiz uchun g'alaba qozonishimiz shart edi. O'sha o'yinning 41-daqiqasida hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgilagan va “nuqta”ga Jeparov yaqinlashib hisobni qisqartirgandi. Ikkinchi bo'limda esa Maksim SHackix va Anvar Soliev tomonidan urilgan gollar evaziga O'zbekiston irodali g'alabani nishonlagandi. Terma jamoamiz Osiyo Kubogi-2011 guruh bosqichi 2-turida Quvaytga qarshi maydonga tushgan. O'sha o'yining 50-daqiqasiga kelib hisob 1:1 bo'lib turgandi. 65-daqiqada chap qanotdan Jasur Hasanovning erlatib oshirib bergan pasidan so'ng Jeparov gol urib jamoamizga g'alaba keltirgandi. JCH-2014 saralashi uchinchi bosqichida Toshkentga Osiyo chempioni Yaponiya terma jamoasi tashrif buyurgandi. Aynan Server Jeparov 8-daqiqada uchrashuvdagi hisobni ochgandi. O'sha o'yinning ikkinchi bo'limida yaponlar hisobni tenglashtirishgandi va bahs durang bilan tugagandi. JCH-2014 saralashi to'rtinchi bosqichi doirasida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida ilk o'yinda Livan mehmon bo'lgandi. O'sha o'yinning 64-daqiqasiga qadar vakillarimiz hech hisobni ocha olishmagan. Aynan shu daqiqada jamoa sardori gol urib O'zbekistonga muhim uch ochkoni taqdim etgandi.

Sariq va qizil kartochkalari

Sever o'tkazgan 99ta o'yindan faqat bittasida qizil kartochka olgan. Osiyo Kubogi-2007 saralashi doirasidagi Bangladeshga qarshi Toshkentda kechgan bahsda Jeparov 46 va 72-daqiqalarda bahraynlik hakam Ibrohim Abdulhamid tomonidan ikki bor ogohlantirilgan va maydonni sheriklaridan avvalroq tark etishga majbur bo'lgandi.

U hakamlar tomonidan 12 marta sariq kartochkaga loyiq ko'rilgan. KXDR bilan bahslarda 2 marta ogohlantirilgan.  SHuningdek, Eron, Tojikiston, BAA, Singapur, Ozarboyjon, Bangladesh, Bahrayn, Iroq, Falastin, Latviya terma jamoalariga qarshi o'yinlarda Jeparov sariq kartochka ishlab olgan.




Yillar

Jeparov oxirgi 2002 yildan buyon terma jamoada munazam ravishda to'p tepib kelmoqda. Dastlabki yilda u 2ta o'yinda maydonga tushgan. Terma jamoamiz ham o'sha yili 2ta o'yin o'tkazgan. 2011 yilda yarim himoyachi termamizning 17ta o'yinidan 15tasida maydonga tushgan. Jeparov 2007, 2008, 2009, 2011 va 2013 yillarda terma jamoamiz safida kamida 10tadan o'yin o'tkazgan.


Server Jeparovning yubiley o'yinlari

#

Raqib

O'yin maqomi

Hisob

Sana

1

Slovakiya

O'rtoqlik

1:4

14.05.2002

25

Bahrayn

JCH-2006 saralashi

1:1

08.10.2005

50

Qatar

JCH-2010 saralashi

0:3

06.09.2008

75

Qirg'iziston

JCH-2014 saralashi

3:0

28.07.2011

 
Keyingi juma kuni Aleksandr Geynrix haqida malumot beramiz.


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика