So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  4 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Terma jamoaning yangi asl qiyofasini bir oydan keyin ko'rasiz" - Kuperning O'zbekiston terma jamoasi rulidagi eng sara iqtiboslari Yangiliklar

"Terma jamoaning yangi asl qiyofasini bir oydan keyin ko'rasiz" - Kuperning O'zbekiston terma jamoasi rulidagi eng sara iqtiboslari

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga argentinalik Ektor Kuper tayinlanganiga deyarli 1 yil to'lmoqda.

Biz Ektor Kuper terma jamoamiz ruliga o'tirganidan keyin shu kunga qadar matbuot anjumanlarida aytgan gaplaridan bazi iqtiboslarni jamlab, etiboringizga havola etishni lozim topdik.

Qayd etish kerakki, terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarda hozircha yaxshi tarafga o'zgarish kuzatilgani yo'q. Bu esa ko'pchilikka Qatar-2022 saralash bosqichi oldidan o'rinli savollarni tug'dirmoqda.

Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasi ruliga kelganidan so'ng 1 oydan keyin jamoaning asl qiyofasini ko'rsatishga vada bergandi. SHuningdek, Osiyo Kubogida ham Kuper g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgani va bu jihat shartnomada alohida qayd etilganini ham takidlagandi. Quyida Kuper tomonidan yangragan iqtiboslar kollekciyasini o'qib chiqishingiz mumkin.

Ektor Kuperning O'zbekiston terma jamoasi murabbiy sifatidagi ilk matbuot anjumani (6 avgust, 2018 yil):

"Meni oldimga faqat ikkita maqsad qo'yilgan: Osiyo Kubogi va Jahon chempionati". ©️ Ektor Kuper


Suriyaga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida (5 sentyabr, 2018 yil)

"Bir oydan keyin O'zbekiston terma jamoasining asl qiyofasini ko'rasiz". ©️ Ektor Kuper


Suriyaga (1:1) qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida (6 sentyabr, 2018 yil)

"Dastlabki o'yin sifatida qarasak, o'yin menga yoqdi. Muammolar ko'p. Qilmoqchi bo'layotgan yangiligim, himoyadagi o'yinni yaxshilash. Osiyo Kubogiga qadar vaqt etarli. Ungacha o'yinimizni kuchaytiramiz. Muxlislardan sabr qilishlarini so'rayman". ©️ Ektor Kuper

Eronga qarshi o'yindan avvalgi matbuot anjumanida (10 sentyabr, 2018 yil)

"Bazilar himoyani sevadi, kimdir hujumni. SHaxsan men uchun birinchi navbatda himoya kuchli bo'lishi kerak. Hammasi asta-sekinlik bilan bo'ladi". ©️ Ektor Kuper


Eronga (0:1) qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida (11 sentyabr, 2018 yil)

"Himoya o'tgan o'yinga nisbatan yaxshilandi, hujumda qiladigan ishlarimiz ko'p. Ikkita o'yin xulosasi shuki, qaerda nimalarga etibor berishni aniqlab oldim. Avval ham aytganimdek, asosiy urg'uni himoyaga qarataman. Osiyo Kubogiga qadar vaqt etarli. Havotirga o'rin yo'q". ©️ Ektor Kuper



KXDR bilan o'yindan oldingi matbuot anjumani (12 oktyabr, 2018 yil)

"Osiyo Kubogiga qadar ko'p sinov o'tkazamiz. Hujumkor uslubni vada qilmayman. Mening uslubim natija olib keladigan o'yin ko'rsatish". ©️ Ektor Kuper


KXDR (2:0) bilan o'yindan keyingi matbuot anjumani (13 oktyabr, 2018 yil)

"Natija o'z yo'liga, o'yinimiz yaxshilanganidan xursandman. Himoyada tartib paydo bo'ldi". ©️ Ektor Kuper


Ikkinchi yig'in haqida (oktyabr, 2018 yil)

"Dastlabki yig'inga nisbatan katta o'sishni ko'rdim. Hammasi tartibga bog'liq". ©️ Ektor Kuper


Intervyu (oktyabr, 2018 yil)

"Osiyo Kubogidagi maqsad - chempionlik". ©️ Ektor Kuper


Noyabr oyidagi yig'in doirasida matbuot anjumani o'tkazilmagan. Mazkur yig'in doirasida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyada Livan (0:0) hamda Janubiy Koreya (0:4) bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandi.



Dekabrdagi matbuot anjumani (6 dekabr, 2018 yil)

"Osiyo Kubogida chempion bo'lsakkina natijadan qoniqaman". ©️ Ektor Kuper

"Osiyo Kubogi oldidan Turkiyadagi yig'inda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz". ©️ Ektor Kuper


O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga qatnashish uchun BAAga uchishdan avval Turkiyadagi yig'inda o'rtoqlik yoki nazorat bellashuvi ham o'tkazmadi. Natijada qita chempionatiga birorta o'rtoqlik o'yini o'tkazmay borgan yagona jamoaga aylandik.


Osiyo Kubogi. Ummonga qarshi o'yin oldidan:

"Osiyo Kubogini muxlislarga yoqadigan o'yin boshlamoqchimiz". ©️ Ektor Kuper


Osiyo Kubogi. Ummonga (2:1) qarshi o'yindan keyin:

"Ummon men kutgandan ham kuchliroq ekan. Ulardan bunday tezkor va hujumkor o'yin kutmagandim". ©️ Ektor Kuper


Osiyo Kubogi. Turkmanistonga qarshi o'yin oldidan:

"Bizda muammolar borligini tushunib turibmiz". ©️ Ektor Kuper


Osiyo Kubogi. Turkmanistonga (4:0) qarshi o'yindan keyin:

"Men jamoani doim o'z uslubimga moslab tayyorlayman. Misol uchun, shartnomam bo'yicha yaxshi natija qayd etish uchun jalb etilganman. Muhimi - natija". ©️ Ektor Kuper



Osiyo Kubogi. Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan:

"Agar sen Osiyo Kubogini qo'lga kiritmoqchi bo'lsang, unda har qanday raqibni mag'lub etishing kerak". ©️ Ektor Kuper


Osiyo Kubogi. Yaponiya (1:2) bilan o'yindan keyin:

"Mag'lubiyatdan xafa bo'lishga hojat yo'q". ©️ Ektor Kuper


Osiyo Kubogi. Avstraliyaga qarshi o'yin oldidan:

"O'zbekiston terma jamoasi o'zining yangi o'yin qiyofasini shakllantirmoqda. Men 8ta finalni yutqazganman, lekin finalga chiqishni istayveraman...". ©️ Ektor Kuper


Osiyo Kubogi. Avstraliya (0:0, penaltilar seriyasida mag'lubiyat) bilan o'yindan keyin:

"Biz kuchli jamoa tuzishga harakat qilyapmiz. Afsuski, Osiyo kubogida ishtirokimizni yakunlashga majbur bo'ldik. Bu Osiyo Kubogida kuchli terma jamoalarga qarshi yaxshi o'ynadik". ©️ Ektor Kuper


Osiyo Kubogidan keyingi matbuot anjumani (14 mart, 2019 yil)

"Osiyo Kubogini yuta olmadik, men aybdorman. Endigi maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish". ©️ Ektor Kuper

"Hech kim menga terma jamoani yoshartirish kerak degan talabni qo'ymagan. Kelishuvga ko'ra, menga Jahon chempionatiga chiqish va Osiyo Kubogida chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan. To'g'ri, Osiyo Kubogini yutolmadik, bu mening aybim. Endigi maqsad Jahon chempionatiga chiqish". ©️ Ektor Kuper



Xitoydagi turnirdagi matbuot anjumanida (22 mart, 2019 yil)

"Futbolda turli natija ro'y beradi. G'alaba bilan mag'lubiyat doim yonma-yon. Barcha natijani qabul qilishga tayyor bo'lish zarur. Biz Urugvayga qarshi uchrashuvni tahlil qilib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ustida ish olib boramiz". ©️ Ektor Kuper


Turkiyaga (0:2) qarshi o'yindan keyin:

"O'yinimizda o'zgarish bor, bundan mamnunman. Faqat standart vaziyatlaridan o'tkazilayotgan gollar havotirga solmoqda. Turkiyaga qarshi yomon o'ynamadik". ©️ Ektor Kuper

"O'zbekiston terma jamoasida o'zgarish bor, lekin inqilob yo'q" 

Kuperning nomi yoki tajribasiga suyanadigan payt emas 

SHunchaki malumot: Ektor Kuper bizdan kuchli hali birorta termani yutmadi 

So'rovnomada ishtirok etganlarning katta qismi Kuper saviyasiga shubha qilmoqda 

Oradan 120 kun o'tdi, lekin hech narsa o'zgargani yo'q 

Reyting: -90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика