"O'zbekiston terma jamoasida o'zgarish bor, lekin inqilob yo'q"

Xayrulla Xoliqov
4 iyun 2019, 15:35
OFK sayti O'zbekiston terma jamoasining o'rtoqlik o'yinlari haqida fikr yozdi.

"O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ilk marta Osiyo Kubogida qatnashib, jamoani 1/8 finalga qadar olib borgan Ektor Kuper endi e'tiborini KXDR va Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga qaratadi". 

"Kuper Osiyo Kubogidagi ro'yxat bilan solishtirganda tarkibda 9ta o'zgarishni amalga oshirdi. Ignatiy Nesterov chetda bo'lgani uchun Eldor Suyunov chaqirildi. Osiyo Kubogida ishtirok etganlardan Sardor Rashidov, Marat Bikmaev hamda jarohat olgan Otabek Shukurov ham hozirgi tarkibda yo'q". 

"Kuper boshqa futbolchilarga e'tibor qaratishni maqul ko'ryapti. 18 yoshli Oston O'runov bilan Quvondiq Ro'ziev Turkiyaga qarshi maydonga tushishdi. Shuningdek, darvozabon Botirali Ergashev ham termaga chaqirilgan. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida o'zgarishlar bor-u, lekin o'yinida inqilob yo'q". 

OFK sayti bu bilan Kuper doim bir nechta futbolchilarni sinab ko'ryapti, lekin jamoa o'yinida o'zgarish ko'rinmayapti demoqchi shekilli...

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com