Ter SHtegen zarbalarning 84,6%ni qaytarib, Evropada eng zo'r darvozabon bo'lib turibdi
24 jan 2023 00:55
Yangiliklar
Ter SHtegen zarbalarning 84,6%ni qaytarib, Evropada eng zo'r darvozabon bo'lib turibdi
Mark-Andre ter SHtegen qaytarilgan zarbalar foizi bo'yicha Evropa top ligalarida etakchilik qilmoqda.
Nemis posboni joriy mavsum LaLiga o'yinlarida yo'llangan zarbalarning 84,6%ni qaytarishga muvaffaq bo'lgan.
Kuchli beshlikka Yevan Duff ("Reyms", 83,9%), Nik Poup ("Nyukasl", 82,3%), Xeronimo Ruli ("Vilyarreal", 82,1%, yanvarda "Ayaks"ga o'tgan), va Kepa Arrisabalaga ("CHelsi", 82%) kirgan.
Bu statistikadan joriy mavsum kamida 25ta seyv ijro etgan posbonlar joy olgan.
"Barselona" LaLigada o'tkazgan 17ta o'yinidan 13tasida 0ga o'ynadi, Kataloniya klubi darvozasi 6 marta ishg'ol qilindi, bu etakchi Evropa chempionatlari orasidagi eng yaxshi natija.
Fikrlar