Ter Shtegen zarbalarning 84,6%ni qaytarib, Yevropada eng zo'r darvozabon bo'lib turibdi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2023, 00:55
Mark-Andre ter Shtegen qaytarilgan zarbalar foizi bo'yicha Yevropa top ligalarida yetakchilik qilmoqda.

Nemis posboni joriy mavsum LaLiga o'yinlarida yo'llangan zarbalarning 84,6%ni qaytarishga muvaffaq bo'lgan.

Kuchli beshlikka Yevan Duff ("Reyms", 83,9%), Nik Poup ("Nyukasl", 82,3%), Xeronimo Ruli ("Vilyarreal", 82,1%, yanvarda "Ayaks"ga o'tgan), va Kepa Arrisabalaga ("Chelsi", 82%) kirgan.

Bu statistikadan joriy mavsum kamida 25ta seyv ijro etgan posbonlar joy olgan.

"Barselona" LaLigada o'tkazgan 17ta o'yinidan 13tasida 0ga o'ynadi, Kataloniya klubi darvozasi 6 marta ishg'ol qilindi, bu yetakchi Yevropa chempionatlari orasidagi eng yaxshi natija.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports