
Butun jamoada ajoyib kayfiyat hukm surmoqda. Qachonki barcha futbolchilar o'z darajalarida o'ynashsa, unda bizni to'xtatish qiyin bo'ladi. Men uchun "Aston Villa"ga qarshi o'yinda Mesut O'zil bilan birga o'tkazgan ilk uchrashuvimiz bo'ldi. Unga qadar men yoki u jarohatlanganimiz bois birga to'p tepmagandik. Mesut O'zil bilan birga o'ynayotganim men uchun katta omad. Umid qilamanki, biz jarohatlardan uzoqroq yuramiz va jamoamiz bilan yuqori cho'qqilar uchun kurashamiz. Mesut O'zil jarohatidan so'ng tiklanish jarayonida ko'p mehnat qildi va bugun maydonda bu o'z samarasini berdi.