Teo Ernandes jarohatlangan akasi Lyukani qo'llab-quvvatladi
24 noy 2022 12:51
Yangiliklar
Teo Ernandes jarohatlangan akasi Lyukani qo'llab-quvvatladi
Franciya terma jamoasi himoyachisi Teo Ernandes Avstraliyaga qarshi o'yinda (4:1) tizzasidan olgan jarohati tufayli JCH-2022da boshqa o'ynamaydigan akasi Lukas Ernandesga dalda berdi.
"Sizga katta kuch tilayman, aka. Har doimgidan ham kuchliroq bo'ling", – dedi Teo.
Dushanba oqshomidan boshlab Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamda Ernandesning o'rniga boshqa futbolchini chaqirish imkoni yo'q.
Avvalroq Franciya terma jamoasi jarohat tufayli Karim Benzema, Kristofer Nkunku, Pol Pogba, Presnel Kimpembe, N'Golo Kante va Mayk Menyandan ayrilgan edi.
Fikrlar