Ten Xag va Sancho yarashib olishdi. Jeydon MYU bilan mashg'ulotlarni boshlab yubordi
12 iyu 23:48
Yangiliklar
Ten Xag va Sancho yarashib olishdi. Jeydon MYU bilan mashg'ulotlarni boshlab yubordi
Futbol mavsumoldi yig'inlarda qatnashmoqda.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag va futbolchi Jeydon Sancho o'rtasidagi nizo barham topdi. Murabbiy va vinger yarashib olishgan. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. Sancho va MYU bosh murabbiyi o'zaro uchrashuv o'tkazishgan va barcha muammolarni hal qilishgan.
Jeydon Sancho allaqachon MYU bilan mashg'ulotlarni boshlab yuborgan va jamoaning mavsum oldi o'yinlarida maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Jeydon Sancho va Erik ten Xag o'rtasidagi nizo kelib chiqqandi. SHundan so'ng, Sancho asosiy jamoa mashg'ulotlaridan bir necha oyga chetlatilgandi. Futbolchi qishda ijara asosida "Borussiya Dortmund"ga borib qo'shilgandi.
Fikrlar