So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  73 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  2 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  47 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  21 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

Ten Xag Sancho omma oldida kechirim so'rashini kutyapti Yangiliklar

Ten Xag Sancho omma oldida kechirim so'rashini kutyapti

Jeydon Sancho ijtimoiy tarmoqlarda Erik ten Xagni tanqid qilgani uchun kechirim so'ragani yo'q.

Eslatib o'tamiz, sentyabr boshida Sancho va MYU ustozi o'rtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Vinger "Arsenal"ga qarshi APLning 4-tur o'yinini (1:3) o'tkazib yuborgandi. Bahsdan so'ng Erik ten Xag futbolchi mashg'ulotlarda yaxshi taassurot qoldirmaganini aytgan.

Sancho bunga javob tariqasida ijtimoiy tarmoqda quyidagi gaplarni yozdi: "Uzoq vaqt hamma narsaga aybdor bo'ldim - bu adolatsizlik. Mashg'ulotlarda jonimni berib ishlayman, o'qiyotganlaringizga ishonmang. Boshqa sabablar bo'lgani aniq". Keyinroq post o'chirib tashlandi. 14 sentyabr kuni futbolchi asosiy jamoa mashg'ulotlaridan chetlatildi.

Malumotlarga ko'ra, ten Xag Sanchodan omma oldida kechirim so'rashi kerakligini aytgan, biroq futbolchi hali ham uzr so'ragani yo'q.

Ten Xag Sanchoni "Manchester Yunayted" tarkibiga qaytarishi mumkin, ammo klubdagilarning fikricha, mojarodan bir oy o'tib so'ralgan kechirim kerakli effektni bermaydi.

Oldinroq, Sancho qishda MYUni tark etmoqchi ekanligi elon qilingan edi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика