Ten Xag Brununi sardorlikdan mahrum qilmasligini malum qildi
08 mar 2023 21:11
Yangiliklar
Ten Xag Brununi sardorlikdan mahrum qilmasligini malum qildi
Futbolchi murabbiyning fikricha ajoyib mavsum o'tkazmoqda va sardor bo'lib qolishi kerak.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag futbolchi Brunu Fernandesh jamoa sardori bo'lib qolishini malum qildi.
"Liverpul"ga 0:7 hisobida boy berilgan o'yindan keyin jurnalist va ekspertlar Fernandeshning o'yinini qattiq tanqid qilishgandi. Ayrimlar esa undan sardorlik bog'ichini tortib olishni talab qilishgandi.
"Menimcha, u juda ajoyib mavsum o'tkazmoqda. Bizning hozirgi joyda turganimizda aynan Brununing hissasi katta. Fernandesh jamoaga ilhom berishning asosiy manbayidan beri. Hamma ham xato qiladi, biz shu xatolardan hulosa qilamiz. Men ham o'rganaman, u ham o'rganadi. Brunu juda aqlli. U mening o'yinchim ekanidan va jamoa sardori ekanidan xursandman", -deydi Erik ten Xag.
Fikrlar