So’nggi yangiliklar

01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  2 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:41ЛаЛига. "Барселона"нинг чемпионлик ўйини учун таркиби маълум!  13 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Gol urganimdan juda xursandman" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Gol urganimdan juda xursandman"

Kecha o'zbekistonlik hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiya chempionatidagi o'zining ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.
Biz Xorvatiyada gol urgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi bilan bog'lanib Xorvatiyadagi dastlabki goli bilan tabrikladik.

"Albatta bundan juda xursandman. Klub safidagi birinchi rasmiy golimni urganimdan mamnunman", - deb gap boshladi Temurxo'ja Abduxoliqov.

"Zadar" klubi o'rtamiyona jamoa ekan. Lekin yaxshigina qarshilik ko'rsatdi. Uchrashuv oson kechgani yo'q. Bu erdagi har bir o'yin qiyin o'tmoqda. CHempionat saviyasi shunga yarasha o'sib bormoqda".

"O'yindan so'ng bosh murabbiyimiz meni tabrikladi. Yaxshi o'yin ko'rsatding dedi".

"Jamoaning maqsadi Evrokuboklarga yo'llanma olish. SHaxsiy maqsadga keladigan bo'lsak hech qachon mavsumda buncha gol uraman demayman. Faqat oldingi yillardan o'yinim, natijalarim va umuman hamma jabhada yaxshilanib borishiga intilaman. Eng asosiy maqsadim shu".

"Championat.asia o'quvchilariga salomimni etkazing. Saytning doimiy o'quvchisiman. Meni qo'llab-quvvatlayotganlarga minnatdorchilik bildiraman", - deydi "Xayduk" klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov "SA"ga bergan intervyusida.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика