So’nggi yangiliklar

19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  0 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  14 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  13 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   1 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  2 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  25 14:29Эндрик "Реал"да 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Tailandni yutganimiz bizga ruhiy tomonlama yordam beradi" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Tailandni yutganimiz bizga ruhiy tomonlama yordam beradi"

O'zbekiston - Tailand (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlarini bildirdi.

"Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi qiyin bo'ldi. Yigitlar bilan bir-birimizni tushunib ketishimiz biroz qiyin kechdi. Tailand terma jamoasi ham bekorga Jahon chempionati saralashining so'nggi bosqichiga etib kelmaganini isbotladi. Ammo bugungi natija u qadar muhim emas edi, asosiy etiborimiz Eron bilan o'yinga qaratilgan. Bugun katta hisobda yutamizmi yoki yutqazamizmi asosiysi Eron bilan bahsda ijobiy natija qayd etish kerak.

Gol bo'lgan vaziyatga keladigan bo'lsak Eldor menga to'pni qulay tarzda uzatdi, o'sha holatda to'pga oyog'imni qo'yib darvozani ishg'ol qilish haqida o'yladim xolos. Yaxshiki darvozabonni poylamadim va gol urdim.

Bugun g'alaba qozonganimiz yaxshi bo'ldi. Yigitlarga ruhiy tomonlama bu yordam beradi. Agar Tailandni mag'lub eta olmaganimizda biroz salbiy kayfiyat hukmron bo'lardi. Eronga qarshi bahsga barcha yigitlar jangovor kayfiyatda borishadi", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.  


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика