So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  3 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  4 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  2 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  44 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Temurxo'ja Abduxoliqov: "CHempionlikka erishishdan ko'ra uni himoya qilish juda ham qiyin" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "CHempionlikka erishishdan ko'ra uni himoya qilish juda ham qiyin"

Bugun chempionatning 29-turida Toshkentning "Lokomotiv" klubi o'z uyida Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qilib chempionlik nomini rasmiylashtirishdi.

Ushbu bahsdan so'ng "temiryo'lchilar" futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlarini bildirdi.

"CHempionatimiz biz uchun juda ham og'ir o'tdi. uchrashuvlarda katta bosim ostida harakat qildik. Muddatidan avval chempion bo'lganimiz uchun bugungi uchrashuvda bosimlardan holi bo'lib maydonda harakat qildik.

Menimcha bugun muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etdik, deb o'ylayman. Ushbu chempionlikka erishi uchun juda ham uzoq yo'lni bosib o'tdik. Uchta frontda harakat qildik. Biz uchun bu juda ham qiyin bo'ldi. Qancha asablar, qancha kuch sarflandi. Menimcha chempionlikni bunday tarzda nishonlash arziydi, deb o'ylayman.

CHempionlikka erishishdan ko'ra uni himoya qilish juda ham qiyin. Kelasi yilgi chempionatimiz biz uchun bu yilgisidan ham qiyin kechishi aniq. Keyingi yili OCHL musobaqasida yaxshiroq natija qayd etishga bor kuchimiz bilan intilamiz", - deydi "Lokomotiv" futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика