So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  3 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  16 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Birinchi davradagi durang tasodif bo'lganini isbotladik" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Birinchi davradagi durang tasodif bo'lganini isbotladik"

"Neftchi" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar"ning birinchi goli muallifiga aylangan Temurxo'ja Abduxoliqov saytimiz orqali o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin qiyin bo'ldi. Birinchi davradagi durang tasodif ekanligini isbotladik. "Neftchi" yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Lekin o'yinda biz ustunlikka ega bo'ldik deb o'ylayman. Muhimi Farg'onadan uch ochko olib qaytdik. O'Ylaymanki, natija adolatli bo'ldi. Ikkinchi davra jamoamiz uchun omadli boshlanmagandi. O'tgan turda o'z maydonimizda "Metallurg"ga qarshi kechgan o'yinda ikki ochko yo'qotgandik. Farg'onadagi bahsda g'alaba qozonishimiz muhim edi. Buni uddaladik. "Lokomotiv" birinchi davradagidan ham yaxshiroq o'ynab, chempionlik yo'lida harakat qilishda davom etadi. Umid qilamanki, bu mavsumda o'z oldimizga qo'ygan vazifani bajaramiz", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Temurxo'ja Abduxoliqov.

- Birinchi davrada asosan vinger sifatida o'ynagandingiz. Hozir yana o'z joyingizda, yani hujumchi roliga qaytdingiz desa bo'ladimi?
- ha, birinchi davrada asosan vinger sifatida harakat qilgandim. Hozir esa hujumchi sifatida o'ynamoqdaman. Bu albatta menga qulaylik yaratmoqda. Ikkinchi davrada o'z poziciyamda o'ynab, ko'plab gollar urib, jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman. Meni vazifam murabbiylarimiz ishonchini oqlash va muxlislarni xursand etishdan iborat.

- Oldinda "Lokomotiv"ni yana bir qiyin sinov kutib turibdi. Keyingi o'yin "Nasaf"ga qarshi kechadi...
- Ha, bizni oldinda "Nasaf" bilan bo'ladigan bellashuv kutib turibdi. "Nasaf" juda kuchli jamoa. Ular bilan bo'ladigan o'yin oson bo'lmasligi tayin. Lekin o'tib bo'lmaydigan raqib yo'q. Barcha jamoani mag'lubiyatga uchratsa bo'ladi. Kecha Farg'onada o'ynadik, endi Qarshiga ketamiz. Yo'l bizni toliqtirib qo'ymasa, Qarshidan o'zimiz uchun kerakli natija bilan qaytishimizga ishonaman. "Nasaf"ning ustun jihati, ular oldingi turni o'z maydonlarida o'tkazishdi va endi bizni qabul qilishadi. SHuningdek, ular o'z muxlislari qarshisida o'ynashadi. Bu ham ularga ustunlik berishi aniq. Agarda charchoq alomatlari sezilmasa, biz bu o'yinda ham g'alaba qozona olamiz. Ular tarkibida Artur Gevorkyan singari futbolchi eng xavfli sanaladi. Gevorkyanni zararsizlantirishimish lozim bo'ladi. SHuningdek, Eldor Suyunov ham o'z darvozasini munosib qo'riqlaydi. Bejizga ushbu darvozabon milliy terma jamoaga jalb etilmaydi. "Nasaf" juda kam gol o'tkazib yuboradi. Qarshiliklarning himoya chizig'i vakillari SHerzod Azamov, Maqsud Karimov va SHuhrat Muhammadiev ham hujumchilar uchun xavfli raqib hisoblanishadi. Aynan shu futbolchilar "Nasaf"ning etakchilari desam mubolag'a bo'lmaydi. Nima bo'lgan taqdirda ham "Loko" faqat g'alaba uchun o'ynaydi. Aytib o'tganimdek, mag'lubiyatga uchramaydigan raqib yo'q. "Nasaf" javob o'yini oldidan o'z imkoniyatlarini oshirib olish uchun harakat qiladi. SHu o'rinda biz ham Toshkentda bo'ladigan bahs oldidan imkoniyatlarimizni yaxshilab olishni mo'ljallab turibmiz. Bu to'qnashuvda imkoniyatlar teng, yani 50/50. O'ylaymanki, "Lokomotiv" "Nasaf" to'sig'idan o'ta oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика