Temur Yafarov: "Hozircha yakka tartibda shug'ullanib turibman"
05 sen 2014 13:30
Yangiliklar
Temur Yafarov: "Hozircha yakka tartibda shug'ullanib turibman"
O'z vaqtida muxlislar va mutaxassislar tomonidan kelajagi porloq o'yinchi sifatida etirof etilgan Temur Yafarovning faoliyatida oxirgi yillarda keskin pasayish ro'y bermoqda.
Bunga ko'pincha jarohat sabab bo'ldi deyish mumkin. Yafarov mavsum boshida Navbahor ro'yxatidan o'tkazilgandi. Biroq Namanganda Temur deyarli o'ynamadi. SHu bois murabbiylar shtabi unga ruhsat berishga qaror qildi. Davralar oralig'ida esa himoyachi hech bir klubda ko'rinmadi va bugungi kunda ham Yafarovni hattoki birinchi liga jamoasida uchratmayapmiz. Bunga oydinlik kiritish maqsadida futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda, quyidagilarni aytib o'tdi.
- Ha, chindan ham Navbahordan ketgach, hech bir klubga bormadim. Sababi o'sha paytda jarohatim bor edi. Uni davolatish uchun biroz vaqt ketib qoldi. Endi-endi hammasi yaxshi bo'lib ketdi. Bugungi kunda uydaman. Ro'zg'or ishlari bilan ham mashg'ulman. SHu bilan birga yakka tartibda shug'ullanishni ham kanda qilmayapman. O'zim uchun maxsus murabbiy tayinlab, birga mashg'ulot o'tkazib turibmiz. Nasib qilsa endi keyingi mavsumdan hammasini boshdan boshlamoqchiman - deydi Temur Yafarov.

Fikrlar