Temur Turdiev: "Futbolchilar maydonda 100 emas, 120 foiz kuch bilan harakat qilishdi"
20 iyu 2021 19:54
Yangiliklar
Temur Turdiev: "Futbolchilar maydonda 100 emas, 120 foiz kuch bilan harakat qilishdi"
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Turdiev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Barcha guvoh bo'ldi, juda qiyin o'yin o'tkazdik. Yigitlar 100 emas, 120 foiz kuch bilan harakat qilishdi, borlarini berishdi. "Dinamo"ni yaxshi bilasiz, o'z vaqtida Superligada uzoq yillar barqaror ishtirok etgan. Hozirda ham elita yo'llanmasi uchun kurashmoqda. Tajribasi va qanday kuchga egaligi malum edi. Jamoamizning ham tajribasi o'yindan o'yinga ortib bormoqda. G'alaba bilan tabriklayman barchani.
Futbolchilar taktik ko'rsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. SHuning hisobiga g'alabani tantana qildik",- deydi Turdiev.
Fikrlar