So’nggi yangiliklar

13:24Уолкотт: "Грилишнинг истеъдоди мураббий томонидан ўлдирилди"  0 12:57"Барселона" YouTube'даги обуначилари сони 20 млнга етган дунёдаги биринчи клубга айланди  8 12:30Қирғиз футболида рўй бераётган катта ҳодиса  3 12:12Шомуродовнинг устози фаолиятини якунламоқда  1 11:45"Боруссия" "Челси"нинг 3 нафар футболчисига қизиқмоқда  2 11:21Месси гол урган баҳсда Маскерано қўл остидаги "Интер Майами" "Америка"дан устун келди  5 10:55"Ливерпуль" Салаҳга Ла Лигадан ўринбосар топди  9 10:28"Барселона" Флик қўл остида Ла Лигадаги 20та ўйинда 39 очко жамғарди. Хави қўл остида бир йил олдин 5 очко кўпроқ эди  37 10:05"Зенит" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 09:42Марко Асенсио Ла Лигага қайтиши мумкин  1 09:18"Бавария" "Боруссия" юлдузини нишонга олди  4 08:51Рэшфорд Лондон клубига ўтишга рози бўлди  6 08:22"Наполи" ва "Манчестер Юнайтед" Гарначонинг нархи борасида келиша олмаяпти  2 07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  5 07:32"Валенсия" Ансу Фатини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Temur Olimxo'jaev: “Qolganini Hindistondagi o'yinlarimizda ko'rasizlar” Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: “Qolganini Hindistondagi o'yinlarimizda ko'rasizlar”

Temur Olimxo'jaev murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi indinga Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.
Dastlabki uchrashuv Tailandga qarshi o'tkazilishidan xabaringiz bor. Mahalliy iqlimga yaxshiroq moslashishni maqsad qilgan termamiz Hindistonga bir hafta avval jo'nab ketdi. Bu orada Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi ham o'tkazildi. Biz safar oldidan o'smirlarimizning ustozi Temur Olimxo'jaev bilan suhbatda bo'ldik.

- Temur aka, dastavval tayyorgarlik haqida gapirib bersangiz.
- Xudoga shukr, Osiyo chempionatiga ko'rgan tayyorgarligimizdan ko'nglim to'q. Rejalashtirgan barcha ishlarimizni amalga oshira oldik. Buning uchun birinchi navbatda O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga va terma jamoalar markaziga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Qita birinchiligiga tayyorgarlik jarayonida Evropaning bir qator etakchi terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdik. Tabiiyki, bu shogirdlarimning o'sishiga xizmat qildi. Endi musobaqaga qanday etib kelganimizni Hindistondagi o'yinlarimiz orqali ko'rasizlar.

- Musobaqaga o'zizngiz xohlagan tarkibni olib ketyapsizmi?
- Albatta. Aytganimdek, tayyorgarligimizdan ham ko'nglim to'q. SHunchaki, buyog'iga hammasi maydonda hal bo'ladi. Maqsadimiz jahon chempionatiga chiqib, so'nggi yillarda doimiyga aylanib qolgan yoqimli ananani davom ettirmoqchimiz. O'ylaymanki, qo'l ostimdagi futbolchilar bilan buni uddalay olaman. Bizni hech qanday muammo qiynayotgani yo'q.

- Avvalgi yillarda o'smirlarimizni muntazam ravishda jahon chempionatiga chiqib kelayotgani sizga bosim tug'dirmayaptim?
- Yo'q. Men hech qanday bosimni his qilayotganim yo'q. Hammasi odatdagidek davom etmoqda. Yig'inlarni o'tkazdik, futbolchilarni Osiyo chempionatiga munosib tarzda tayyorladik. Qolganini aytganimdek, Hindistondagi o'yinlarimizda ko'rasizlar.

- Terma jamoaning oldiga qanday maqsad qo'yilgan? Jahon chempionatiga chiqishmi yoki Osiyo chempionatining sovrindorlaridan biri bo'lishmi?
- Maqsad – Osiyo chempioni bo'lish! Tabiiyki, chempionlikni qo'lga kiritsak, o'z-o'zidan jahon chempionati yo'llanmasi ham qo'lga kiritiladi. Agar hozir faqat mundialni ko'zlaydigan bo'lsak, unda ruhiy tayyorgarligimiz faqat shunga mos bo'lib qoladi. Yo'llanmani qo'lga kiritganimizdan keyin to'xtab qolishimiz mumkin. SHu bois, faqat chempionlikni o'ylayapmiz. Qolgani navbatma-navbat bo'luvradi.

- Guruhdagi raqiblar qanchalik o'rganildi?
- Etarlicha o'rgandik, deb o'ylayman. Aslida gap raqibni qanchalik o'rganishda ko'ra, o'z o'yinimizni namoyish qilishda! Agar biz o'zimiz ishlab chiqqan rejadan tashqariga chiqmay ishlasak va asl kuchimizni ko'rsata olsak, raqib ikkinchi darajaga tushadi.

- Siz ilgari ham turli yoshdagi terma jamoalarimizni boshqargansiz. Bugun qo'l ostingizda to'p surayotgan terma jamoani avvalgilari bilan solishtira olasizmi?
- Solishtirish noo'rin bo'lar? CHunki har bir davrning kuchli terma jamoalari bo'ladi. Men avval boshqargan terma jamoa safida ham iqtidorli futbolchilar talaygina edi. Xususan, o'sha Geynrix, Zeytullaev, Magdeev va boshqalar. Ammo bugungi shogirdlarim orasida ham iqtidorlilar etarlicha.

- Demak, qo'l ostingizda ertamiz yulduzlari bor ekanda?
- Ha. Faqat hozir ularning ism-familiyasini elon qilib, ularni osmonlarga chiqarib qo'yish niyatim yo'q. Osiyo chempionati o'sha iqtidorlilar uchun imkoniyat. O'zlarini ko'rsatishsin, terma jamoani yutuqlarga erishishiga xizmat qilishsin, xalqning o'zi ularni ko'klarga ko'tarib qo'yaveradi.

Furqatbek NISHONOV
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика